BRICS
BRICS liderlari (2023), chapdan oʻngga: Lula da Silva, Si Zinping, Cyril Ramaphosa, Narendra Modi and Sergey Lavrov (Vladimir Putin oʻrniga). | |
Turi | Xalqaro tashkilot |
---|---|
Maqomi | Faoliyat yuritmoqda |
Ishga tushgan sanasi | 2006-yil |
BRICS.svg |
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlat nomlarining bosh harfi) – davlatlararo assotsiatsiya, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr va Efiopiya davlatlarini birlashtirgan ittifoq. Tashkilot (Davlatlar Hamdoʻstligi) 2006-yil iyun oyida (BRIC sifatida) Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida tashkil etilgan.
Aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]BRICS aʼzolari iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan yirik mamlakatlar sifatida ifodalanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganligini, ijobiy barqarorligini, ham kuchliligini va jahon iqtisodiyoti uchun resurslari koʻpligini koʻrishimiz mumkin: Braziliya – jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tengligi bilan dunyoda 7- oʻrinda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boy; Rossiya – Jahon iqtisodiyotida mineral resurslarga boy shu bilan birga yalpi ichki mahsulot boʻyicha 5-6 oʻrinda, eng yirik hududga ega va dunyodagi ikki yirik yadroviy kuchlardan biridir; Hindiston – Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik bilan dunyoda 3- oʻrinda, bir milliarddan ortiq aholisi bor. Intellektual resurslarga ega, aholisi ikki xil tabaqaga boʻlingan boylar va qashshoqlar, atomi bilan katta kuchga ega; Xitoy – Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsuloti hamda iqtisodiyoti rivojlanishi bilan 1- oʻrinda shu bilan birga dunyoda birinchi eksport („dunyo zavod“), dunyodagi eng yirik valyuta zaxiralarining ega, dunyodagi eng yirik aholiva atom elektrenergiyasiga egadir; Janubiy Afrika – Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik va iqtisodiyoti bilan 25-29 oʻringa ega, tabiiy resurslari asosiy kuchi .
BRICS aʼzo davlatlari markaziy banki: 100 milliard dollar sarmoyali qutqaruv fondi tashkil etilgan, ushbu fondning maqsadi BRICS davlatlarini valyuta bozorlarida uchraydigan oʻzgarishlardan himoya qilishdir.
Yangi aʼzolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 1-yanvar kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Eron, BAA va Efiopiya BRICS tashkilotining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi[1][2]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „К БРИКС присоединились пять новых стран, в том числе Саудовская Аравия и ОАЭ“ (ru). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ Саудовская Аравия стала полноценным членом БРИКС, сообщает государственное ТВ. RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida