Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum/Qoidalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoidalar   Texnik savollar   Takliflar   Yangiliklar   Yordam
Bu boʻlim qoida va koʻrsatmalarni muhokama qilishga moʻljallangan.

Arxiv


Qoidalarga oʻzgartirish kiritish

[manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha vikipediya rivojlanib borgani sayin yangi qoidalar qabul qilishga ham ehtiyoj sezilmoqda. Jumladan, statuslar olish masalasida ham yangi qoida kiritish kerak deb oʼylayman. Yaʼni, Administratorlikka nomzod boʻlib, qoniqarsiz natijaga erishgan va adminlikdan mahrum boʻlgan foydalanuvchilar istalgan statusni olishi uchun 1 yildan keyin, administratorlik statusini olish uchun esa 2 yildan keyin qayta nomzod koʻrsatishi kerakligi haqidagi qoidani mustahkamlab qoʻysak. Shuningdek, administratorlikka nomzod boʻlish uchun mezonlarni ham qayta koʻrib chiqish kerak deb oʻylayman. Fikrlaringizni quyida Fikrlar boʻlimida bildirishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:11, 16-May 2023 (UTC)

Avval boshqa vikilar tajribasi bilan tanishib chiqish kerak. Keyin muhokama qilsak arziydi. Nataev munozara 08:23, 16-May 2023 (UTC)
Assalomu alaykum, Nataev. Shu kabi qoida ruscha vikipediyada mavjud ekan va ularda muddat 3 oy bilan chegaralangan. Oʻzbekcha Vikipediyada muddatlarni biroz qatʼiylashtirib, Jamshid Nurqul aytganlaridek, 6 oy qilib belgilasal maʼqul boʻlar deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:47, 23-May 2023 (UTC)
Administratorlikdan boshqa istalgan statusni olish muddatini bir yil emas, 6 oy qilsak menimcha maqsadga muvofiq boʻladi. Jamshid Nurqul (munozara) 15:21, 16-May 2023 (UTC)
Fikrimcha istalgan status uchun 1 yil va administratorlik uchun 2 yil juda katta muddat. Muddatlarni 1-yildan 6 oyga va 2 yildan 18 yoki 15 oyga qisqartirsak yaxshi boʻlardi. Muxriddin Azimov (munozara) 18:28, 23-May 2023 (UTC)
Administratorlik uchun 2 yil juda katta muddat. Muxriddin Azimov'ning fikrlariga qoʻshilaman. Salazarov (suhbat) 09:58, 24-May 2023 (UTC)
Adminlikka nomzodini qoʻyishga 1 yil va boshqa kichik statuslariga oʻz nomzodini qoʻyish uchun 6-oy muddat yetarli boʻladi. Agar sobiq admin mana shu sinov muddatida qoidalarni buzib oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻysa saylov vaqtida fikrlar bildiriladi va qayta saylanmaydi. MirzoUlug'Bek 14:10, 28-May 2023 (UTC)
Bu fikrni ham dastlaklayman! Salazarov (suhbat) 14:18, 28-May 2023 (UTC)
Modomiki, masala suiisteʼmol qilingan ishonch borasida borar ekan, ayni status uchun 2 yil kam muddat emas. Ammo qolgan statuslar uchun 6 oy yetarli, menimcha. Kamol Azzam (munozara) 16:39, 2-Iyun 2023 (UTC)
Ruscha Vikipediyadagi kabi 3 oy etib belgilanishi tarafdoriman. Umarjon Rahimov (munozara) 20:31, 3-Iyun 2023 (UTC).

Hammaga salom! Ushbu munozarada imlo va grammatika boʻyicha qoidalarimizga oʻzgartirish masalasini koʻtarmoqchiman. Hozirda koʻplab nashrlar, xususan, Kun.uz, Prezident.uz, va baʼzi adabiyotlarda belgilaridan foydalanishmayapti. Shu boisdan ushbu belgilarni belgilariga almashtirishni taklif etaman. Iltimos, quyida oʻz fikr va takliflaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz! Salazarov 10:08, 22-Iyul 2023 (UTC)

Bosma nashrlarda shunchaki "..." emas, koʻproq “...” yozilar ekan. Ikkinchisini ishlatsak, ish koʻpayadi. Shunchaki "..." yozaversak boʻladi, menimcha. Yoki vikifikator "..." ni “...” ga oladigan qilamizmi? Nataev munozara 10:12, 22-Iyul 2023 (UTC)

Yaxshi taklif. Boshqalardan ham fikrlarni kutib qolamiz. Salazarov 10:15, 22-Iyul 2023 (UTC)
FYI: https://oriftolib.uz/3601 Nataev munozara 10:40, 22-Iyul 2023 (UTC)

Vikifikator bosganda, " ", « » va „ “ larni “ ” ga oʻzgartiradigan qilish kerak, menimcha.

„ → “

“ → ”

„soʻz“ → “soʻz”. Muzaffar Murodovichmunozara 11:39, 22-Iyul 2023 (UTC)

Yangi "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"da ham "..." ishlatilgan. Qachondir biz ham shu variantga oʻtishga majbur boʻlamiz. Ammo yana biron yil kutishni taklif qilgan boʻlardim. Sababi alifbo isloh qilinishi mumkin bu orada. Yochi hech boʻlmasa oʻzgarmasligi uzil-kesil hal qilinsa, yaxshi boʻlardi. Nataev munozara 22:14, 2-Mart 2024 (UTC)

Tirik insonlar biografiyalari

[manbasini tahrirlash]

Inglizcha vikipediyaning en:WP:BIO siyosati avvalroq rasmiyatchi administratorimiz Nataev tomonidan oʻzbekcha vikipediyaga VP:TIB tarzida joriy etilgan edi. Uzoq davom etgan jarayonlardan soʻng, hozirda mazkur qoida toʻliqligicha oʻzbek tiliga oʻgirildi. Sahifaning qoralama variantini oʻqib, gʻalizliklar boʻlsa tuzatib, yoki fikrlaringizni aytib, tarjimani yanada takomillashtirishga baholi qudrat hissa qoʻshishingizni soʻrab qolaman. Mazkur munozara jarayoni yakunlangach, adminlar hamda rasmiyatchilardan qoidani amalga kiritishda amaliy yordamlarini ayamasliklarini soʻrayman. Rahmat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:36, 17-Sentyabr 2023 (UTC)

Baraka toping, juda katta ish qilgansiz. Boshqa foydalanuvchilardan fikr-mulohaza yoki taklif kelib tushmasa, xulosa chiqarsak ham boʻladi. Nataev munozara 22:11, 2-Mart 2024 (UTC)

Baʼzi abbreviaturalarning yozilishini standartlashtirish toʻgʻrisida

[manbasini tahrirlash]

Hozirgi oʻzbek lotin alifbosining texnik va vizual kamchiliklari barcha sohalarga taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbekcha Vikipediya shu taʼsirdan mustasno emas. Oʻzbek lotin alifbosidagi ayrim tamgʻalarni/harf birikmalarini oʻylab topganlar lotin harflarini qoʻllovchi boshqa xalqlarning yetti uxlab tushiga kirmagan bir yangilikni ijod qilganlar-ki, bundan haligacha butun millat aziyat chekmoqda, vizual qulay koʻrinishni tanlab, xato ustiga xatolar qilmoqda. Gap lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek alifbosining Sh, sh va Ch, ch harf birikmalari haqida. Bilamizki, lotin alifbosi asosidagi oʻzbek alifbosida Sh, sh va Ch, ch harf birikmalari SH hamda CH koʻrinishidagi tamgʻaga ega emas, hech qachon ega boʻlmagan ham. Biroq, oʻzbek lotin alifbosida yozilgan kitoblar, saytlarda AQSH, SHHT, AYOQSH (Avtomobillarga YOqilgʻi Quyish Shahobchasi; aslida AYQSh boʻlishi kerak, chunki joriy alifbomizda Yo harf birikmasi yoʻq) koʻrinishida yozilishiga koʻnikib ham qoldik. Hozirda oʻzbekcha Vikipediyada mavjud aksar maqolalarda Amerika qoʻshma shtatlari, Shanhay hamkorlik tashkiloti kabi jumlalarning abbreviaturalari „AQSh“, „ShHT“ koʻrinishida yozilib kelayotganiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Lekin, vizual jihatini, yozishda qulayroq ekanini hamda koʻplab manbalarda uchraydigan koʻrinishini hisobga olgan holda „Sh“ va „Ch“ (juda kam hollarda „Yo“) harf birikmalari mavjud abbreviaturalarda bu birikmalarni „SH“, „CH“ va „YO“ koʻrinishida yozishni va buni tegishli qoidalarda ham qayd etishni taklif qilaman. Jamshid Nurqul (munozara) 16:36, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)[javob berish]

Qoʻllayman. Orif Tolib ham ayni fikrni izhor qilgan. Kitoblarda ham tez-tez katta harf bilan yozilganiga koʻzim tushyapti. Nataev munozara 17:34, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)[javob berish]

Roziman. Bir xil standart boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 05:52, 2024-yil 29-oktyabr (UTC).[javob berish]

 Roziman Tatbigʻini kutayotgan muhim masala --Mirishkorlik (munozara) 10:10, 2024-yil 8-noyabr (UTC)[javob berish]