Manfred Eigen
Eygen Manfred (1927.9.5, Boxum) -nemis fizik-kimyogari. Gyottingen universitetini tugatgach (1951), shu untda (1951— 53), 1953-yildan Gyottingendagi Maks Plank fizikkimyo institutida ishlagan (1964-yildan direktor). Asosiy ilmiy ishlari oʻta tez kechadigan kimyoviy reaksiyalarni oʻzi ishlab chiqqan kimyoviy relaksatsion spektroskopiya usulida tadqiq qilishga oid. Kuchsiz elektrolitlar eritmalarida kechadigan tezkor reaksiyalarni oʻrganish maqsadida elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasini oshirishga imkon beradigan kuchli elektr maydonini taʼsir ettirish usulini taklif etgan. Fermentativ kataliz, maʼlumotlarni uzatish mexanizmi va boshqalar molekulyar biologiya masalalarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1967; R.J.Norrish va J. Porter bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |