Charles J. Pedersen
Qiyofa
Pedersen Charlz (1904.3.10, Pusan, Koreya Respublikasi — 1989.26.10) — amerikalik kimyogar. Massachusets texnologiya institutini tugatgan (1927). Uilmingtondagi (Delaver shtati) "Dyupon" firmasida kimyogar-tadqiqotchi (1927— 69). Ilmiy ishlari makrogeterotsiklik birikmalar (kraun-efirlar) kimesiga oid. 1970-yillarda tarkibidagi kislorod geteroatomlari oltingugurt atomlari bilan almashtirilgan qator kraun efirlar sintez qildi. Nobel mukofo-ti laureata (1987, D. J. Kram va J. M. Len bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |