Kontent qismiga oʻtish

Saʼdiy Sheroziy

Vikiiqtibosdan olingan
Saʼdiy Sheroziy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Saʼdiy Sheroziy (1210-yil; 1291 yoki 1292-yil) – forsigoʻy shoir, adib va mutafakkir.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agarda muallim boʻlsa beozor,
    Darsxonani qilgay bolalar bozor[1].
  • Agar tarbiyat koʻrmasa odam,
    Eshak boʻlib qolur yuzga kirsa ham[1].
  • Agar oqil odam nodonlar gurungiga tushib qolsa, ulardan izzat-ikrom kutmasin, agar nodon bemaʼni kalomi bilan oqilni yengsa, buning hech ajablanadigan joyi yoʻq, zero yoqutni tosh ham sindirishi mumkin[1].
  • Agar qaysi yerda gʻarib xoʻrlansa, oʻsha mamlakat tezda vayron boʻlur[1].
  • Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada yuvvosh boʻlma[1].
  • Bekitikcha soʻzni aytib boʻlmaydi,
    Har majlisda aytib, qaytib boʻlmaydi[1].
  • Bemuruvvat erkak – ayolga, taʼmagir obid – qaroqchiga oʻxshaydi[1].
  • Bechora eshakki betamizdir,
    Yuk koʻtargani uchun azizdir[1].
  • Bir qora chaqaga choʻzilsa qoʻlim,
    Bir yarim tangaga kesilgani soz[1].
  • Bu sham boshqa bir shamni yoqishi bilan nuridan hech narsa kamaymaydi[1].
  • Diling kuymasin noumidlik bilan,
    Yorugʻ kun tugʻilgay qaro kechadan[1].
  • Donishmand – baqqolning doʻkoniga oʻxshaydi: borini indamaygina koʻrsatadi-qoʻyadi, nodon esa lashkar nogʻorasining oʻzi: ovozi baland-u ichi boʻm-boʻsh va gʻarib[1].
  • Donishmandlar: „Oʻz gʻarazi, manfaatinigina koʻzlagan odam qarindosh, xesh-aqrabo emasdir“, deganlar[1].
  • Dunyodagi barcha neʼmatlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam baxtsizdir[1].
  • Dushmanlikdan emas chayon chaqishi,
    Shunday tabiati, feʼlin xohishi[1].

Hamrohini mushkul yo‘lda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi[1].

* * *

Har narsaga bogʻlama ko‘ngil,
Ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul[1].

* * *

Har neki babaqodir,
Ko‘ngil bermak xatodir[1].

  • Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri – boylik toʻplab, foydalana bilmagan va ikkinchisi – ilm oʻrganib, unga amal qilmagan[1].
  • Ilgari tashqi koʻrinishi betartib, lekin ichki dunyosi chiroyli insonlar bor edi. Hozirgi insonlar esa tashqi koʻrinishi chiroyli, ichki dunyosi betartib[2].
  • Istamay mutolaa qilayotgan talaba – qanotsiz qush[1].
  • Johil dovulga oʻxshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi boʻshdir[1].

* * *

  • Kim mehr koʻrgazdi yirtqich boʻriga,
    Sitam-la shoʻr qoʻshdi qoʻyning shoʻriga[1].

* * *

  • Kim yovuzlik urug‘ini sepsa, pushaymonlik yig‘ar[1].

* * *

  • Mardlik kuchda va shamshir oʻynatish sanʼatida emas, mardlik oʻzni tuta bilishda va adolatli boʻlishdadir[1].
  • Mazlumlar dilini ogʻritma bir zum,
    Balki bir kun oʻzing boʻlasan mazlum[1].
  • Nechun soʻzlay, soʻzlamagan yaxshi on,
    Ogʻizda til boshga erur posbon[1].
  • Nodonning idroki – indamaslikda. Agar nodon buni tushunib yetsa, uning yarim dono boʻlgani shudir[1].
  • Nokasga yoʻl koʻrgazmoq – goʻrga chiroq tutmoqdir[1].
  • Nuqsoningni do‘stdan so‘rab yurma, u aytmaydi. Yaxshisi dushmanlarning nima deyishini bil[1].
  • Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash[1].
  • Odam tili bilan hayvondan ustun. Ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar![1]
  • Ovlamoq uchun bir koʻngilni nuqul,
    Boshqasiga ozor bermoq nomaʼqul[1].
  • Qanoat kishini qudratli qilur[1].
  • Qarilik hayot gullarini so‘litib, nishlarini o‘tkirroq qiladi[1].
  • Qozi besh bodiring yesa gar pora,
    Yuz poliz hukmiga topadi chora[1].
  • Qo‘lda tosh bo‘lsa-yu tosh uzra ilon,
    Jinoyat bo‘ladi urmasang shu on[1].
  • Solmagin zaiflar diliga alam,<>brZoʻrroqning jabriga yoʻliqma sen ham[1].
  • Taʼmagir koʻz dunyo moliga toʻymas,
    Xuddi toʻlmaganidek shabnamga quduq[1].

* * *

  • Tani tuproqda-yu dil bo‘lsa uyg‘oq,
    Tirik murda dildan o‘sha yaxshiroq[1].

Yaxshiga yaxshi boʻl, yomonga yomon,
Gulga gul boʻlgin-u, tikonga tikon[1].

* * *

Yaxshilar ketidan agar choparsan,
Istaging, baxtingni shunda toparsan[1].

* * *

Yigitlar uchun — sharm-hayo va bahodirlik, keksalar uchun — sabr va maʼrifat yaxshiroqdir[1].

* * *

Yolg‘on beviqor qilur odamni,
Yolg‘on sharmisor qilur odamni[1].

* * *

Yomon ham oʻtar, yaxshi ham – yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el[1].

  • Zulm koʻrsa davringda zolimdan el,
    Oʻsha zulm sendan erur, yaxshi bil[1].

Oʻtirgil ochu bechora, yalongʻoch,
Vale nokasga aslo boʻlma muhtoj.

* * *

Oʻzgalar gʻamini chekmasa odam,
Anga noloyiqdir inson, degan nom[1].

* * *

Oʻzingdan kuchsizlarning dillarini ogʻritma, ularga jabr-u jafo qilma, bir kun oʻzingdan kuchliroqning jabriga yoʻliqasan[1].

* * *

Oʻzing topib yegan sirka-yu piyoz,
Oqsoqolning nonu barrasidan soz[1].

* * *

Oʻz toʻningga agar solsang yuz yamoq,
Oʻzga toʻnin soʻragandan yaxshiroq[1].

  • Gʻanimning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma. Birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi[1].
  • G’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu — chinakam haq yo‘ldir[1].
  • Shirin boʻlsa ham, qand kasalga zarar,
    Davo boʻlgay achchiq, taxir dorilar[1].
  • Shohlar havosiga xilof boʻlsa hech,
    Rost gapni ham aytma, bu havasdan kech[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 1,55 1,56 1,57 1,58 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.