Aql (arabcha : عقل) — falsafada tushunchalar hosil qilish va ularga muvofiq hukm yuritish qobiliyatidir. Bugungi kunda Gʻarbda bu kontseptsiya asosan nemis faylasufi Immanuel Kantning taʼsiri ostida boʻlib, u ratsional tushunishga qarshi turadi, ammo uni idrokdan ajratadi .
Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan yerning aloqasi kabidir. Suv bilan yer oʻzaro birga boʻlmasa, yerda biror narsa unishi mahol![4] — „Favoqih al-julaso“ asaridan
Arslon oʻz quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechirgani kabi inson ham qayda boʻlmasin oʻz aqli bilan kun kechiradi. Agar kishida mol-u dunyo koʻp boʻlsayu, aqli boʻlmasa, qadr-u qimmati ham boʻlmaydi[7]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan
Azizim, uzoqni koʻruvchi aqlni va olamni bezatuvchi tafakkurni har qanday ishda oʻzing uchun odil hokim va komil sinovchi qilib olki, insoniylik sharafining javhari boshqa hayvonlardan aqlining oʻtkirligi bilan ajralib turadi[1].
Nafsning tizgini aqlning qo'lidadir, aql nafs ustidan hukm yurgizib, uni yomon yo'ldan asrab turadi. Odatda qaysi narsa ko'paysa, qadri kamayib ketadi. Ammo aql ko'paygan sari qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to'xtaydigan joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo'q[7]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan