Yoqut
Qiyofa
Yoqut — mineral, tarkibida oz miqdorda (2% gacha) xrom ionlari (СгЗ+) boʻlgan korund (A12O3)ning qizil rangli turi. Rangi och pushtidan toʻq qizilgacha. Birinchi toifali qimmatbaho toshlar turkumiga mansub. Shimoliy Myanmaning yoqut konlari qadimdan maʼlum boʻlib, Oʻrta Osiyo va Yevropaga ham shu yerdan keltirilgan. Badaxshondagi yoqut koni juda mashhur boʻlgan. 18asrda Oʻrta va Janubiy Uraldagi sochmalarda ham topilgan. Eng katta konlari Myanma, Tailand, Shri Lankada. Yoqutning yirik shaffof xillari sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Sunʼiy yoqut soat mexanizmlari, kvant elektronikasi hamda zargarlikda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |