The End of the F***ing World
The End of the F***ing World | |
---|---|
Turi | drama, qora komediya |
Rollarda | |
Mamlakat | |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Keith Ogborn |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | Channel 4 |
Translyatsiya davri | 24-oktyabr, 2017-yil — 4-noyabr, 2019-yil |
"The End of the F***ing World" — drama, qora komediya janrlarini birlashtirgan Britaniya teleseriali. Birinchi mavsumning barcha sakkiz qismi 2017-yil 24-oktabrda Channel 4’da namoyish etilgan, shuningdek, All 4 xizmatida ham taqdim etilgan. Amerikaning Netflix kompaniyasi 2017-yil oxirida serialni xalqaro tarqatishni boshlagan. Ikkinchi mavsum premyerasi 2019-yil 5-noyabrda boʻlib oʻtgan. Birinchi mavsumning syujeti Charles Forsmanning ayni nomdagi komikslari asosida yaratilgan.
Mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serialning asosiy qahramonlari murakkab xarakterga ega boʻlgan oʻn yetti yoshli ikki oʻsmir — James va Alyssa. James oʻz joniga qasd qilayotgan onasini koʻrgani tufayli vazmin boʻlib, oʻzini psixopat deb hisoblaydi va hayvonlarni oʻldirishdan odam oʻldirishga oʻtishni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan yosh yigit. Alyssa injiq boʻlib, onasining yangi oilasida oʻzini ortiqcha his qiladi va koʻp yillar oldin uni tashlab ketgan otasini izlaydi. James va Alyssa maktabda uchrashib, Jamesning otasining mashinasida birga qochib ketishadi. James oʻzi bilan pichoq oladi va fursat tugʻilganda Alyssani oʻldirishga umid qiladi. Tez orada mashina buzilib qoladi va ikkalasi hech kim yoʻq uyga kirib oladi, uyning egasi professor va yozuvchi Clive Koch qizlarga zoʻravonlik qiluvchi boʻlib chiqadi. Clive Koch Alyssaga tashlanganda, James uni pichoqlab oʻldiradi. Oʻsmirlar qizning otasi yashaydigan uy tomon harakatlanishda davom etadi, ammo ularning izidan bir nechta ayol detektivlar yollanadi. Yoʻlda James va Alyssa boshqa mashinani oʻgʻirlab ketishadi va yoqilgʻi quyish shoxobchasida mashina egasi ularni toʻxtatmoqchi boʻlganida u bilan mushtlashishadi. Alyssaning taʼsiri ostida James asta-sekin oʻzgaradi; serialning bir qismida, politsiya boʻlimida oʻtirgan James endi psixopat boʻlishni xohlamasligi haqida oʻylaydi.
Alyssa sohilda joylashgan uydan otasini topgach, ota va qiz bir-birlari bilan uchrashganidan xursand boʻlishadi. Biroq, uning otasi giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullangani va yosh oʻgʻli boʻlgan boshqa oilasini tashlab ketgani tez orada maʼlum boʻladi. James avtoturargohdagi janjal voqeasi videokameralarga tushib qolganini va tez orada qoʻlga olinishini tushunib yetadi. James va Alyssa qayigʻda suzib ketishga qaror qilishadi, ammo vaqt juda kam boʻladi. Politsiyachilardan biri Alyssaning uyiga kelib, Jamesni taslim boʻlishga koʻndiradi, chunki ushbu kunda James 18 yoshga toʻladi va agar u qarshilik qilsa, holat yomonlashishini anglab yetadi. Hibsga olinishi ertami-kechmi sodir boʻlishini tushungan James oʻzini Alyssani oʻgʻirilab ketgan shaxs sifatida fosh qilishga qaror qiladi va barcha aybni oʻz boʻyniga oladi. U Alyssaning otasining oʻqlangan miltigʻini qoʻlga oladi va uni quvib kelayotgan politsiyachilardan dengiz qirgʻogʻi boʻylab yuguradi. Uning oxirgi fikri: „Bugun men 18 yoshdaman va odamlar bir-birlari uchun nimani anglatishini endi tushunib yetdim deb oʻylayman“. Shundan soʻng, ekran qorayadi va otishma eshitiladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor | Rol |
---|---|
Alex Lowther | James |
Jessica Barden | Alyssa |
Naomi Akki | Bonnie |
Gemma Whelan | Detektiv Eunice Noon |
Wunmi Mosaku | Detektiv Teri Darego |
Steve Oram | Jamesning otasi Phill |
Christine Bottomley | Alyssaning onasi Gwen |
Nevin Chowdhry | Alyssaning o`gay otasi Tony |
Barry Ward | Alyssaning otasi Leslie |
Jonathan Aris | yozuvchi va qotil Clive Koch |
Matt King | Detektiv |
Alex Sawyer | Topher |
Jeff Bell | Alyssa va Jamesni eltib qo`ygan erkak |
Mavsumlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qismlar | Asl namoyish sanasi |
---|---|---|
Mavsum premyerasi | ||
1 | 8 | 24-oktyabr 2017 |
2 | 8 | 5-oktyabr 2019 |
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „The End of the F***ing World“ hozirda „Rotten Tomatoes“ veb-saytida 97% maʼqullash reytingiga ega boʻlib, 32 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha reytingi 8,21/10 ni tashkil qiladi[1].
- „The Hollywood Reporter“ sharhlovchisi Daniel Finberg serialni „Britaniya komediyasining sakkiz qismli qora marvaridi“ deb atagan va ssenariy, personajlar va saundtrek, shuningdek, Alex Lawther va Jessica Bardenning namoyishini maqtagan[2].
Davomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Birinchi mavsumning muvaffaqiyatidan soʻng, serialning ikkinchi fasli 2019-yil 21-avgust kuni Channel 4 kanalining Twitter’dagi rasmiy sahifasida eʼlon qilingan[3][4][5][4].
- 2019-yil oktabr oyida, ikkinchi fasl premyerasi oldidan, serial ssenariy muallifi Charlie Kowell hikoyani davom ettirishning iloji yoʻqligini tan olgan[6].
Madaniyatga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Serial „The Last of Us Part II“ videooʻyiniga katta taʼsir koʻrsatdi va oʻyindagi dialoglar uchun ilhom manbai boʻldi[7][8].
Mukofot va nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2018 -"Eng yaxshi kinematografiya" nominatsiyasi uchun Emmy mukofoti (Justin Brown)
- 2018 — BAFTA TV mukofotining „Eng yaxshi dramatik serial“ nominatsiyasi.
- 2018 — „Eng yaxshi dramatik serial“ va „Eng yaxshi operatorlik ishi“ uchun ikkita Royal Television Society mukofoti.
- 2019 — Peabodi mukofoti.
- 2020 — Emmy „Eng yaxshi kinematografiya“ nominatsiyasi (Benedikt Spens)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The End of the F**ing World: Series 1“. Rotten Tomatoes. 23-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2018-yil.
- ↑ Fienberg, Daniel. „'The End of the F***ing World' review“. The Hollywood Reporter (5-yanvar 2018-yil). 22-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2018-yil.
- ↑ Mitchell, Robert „‘The End of the F***ing World’ Renewed for Second Season“. Variety (21 августа 2018 года). 22-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 августа 2018 года.
- ↑ 4,0 4,1 Miller, Julie „The End of the F***king World́s Alyssa May Be the Best Teen Heroine of 2018“. Vanity Fair (26-yanvar 2018-yil). 27-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2018-yil.
- ↑ Foutch, Haleigh „'The End of the F***ing World' Creator on Season 2 Conversations and Expanding the Story“. Collider (20-yanvar 2018-yil). 1-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2018-yil.
- ↑ Carr, Flora „The End of the F***ing World creator Charlie Covell says there won’t be a season 3“. RadioTimes (28-oktabr 2019-yil). 29-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
- ↑ Киракосян, Георгий. „Режиссер The Last of Us Part 2 рассказал, что его вдохновляет на создание игр с упором на сюжет“. Канобу (22 февраля 2018 года). 20-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 июля 2018 года.
- ↑ „При работе над The Last of Us Part II Нил Дракманн вдохновлялся сериалом от Netflix“. Playground (24 февраля 2018 года). 21-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 июля 2018 года.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sam Wollaston. The End of the F***ing World sharhi . The Guardian. 2017-yil 25-oktyabr
- Luiza Makkreesh „The End of the F***ing World“ . 2017-yil 24-aprel