Kontent qismiga oʻtish

Taksila

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Taksila (yunoncha Taxila, qadimgi hindcha Takxasila yoxud Takshashila) – qadimda Hindiston yarim orolning shimoli-gʻarbidagi shahar (hozirgi Pokistonning Ravalpindi shahridan 35 km narida), Gandxara davlati poytaxti. Mil. av. 32-asrlarda Taksila Mauriyalar imperiyasi shimoli-gʻarbiy qismining maʼmuriy markazi boʻlgan. Taksilaning eng qadimgi arxeologik qatlami mil. av. 6-asrga oid. Taksila savdo va hunarmandchilikning yirik markazi, hind, ellin, Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatlari mujassam boʻlgan shahar edi. U shuningdek, qadimgi hind fani va maorifi markazi sifatida ham mashhur. Taksila 5-asr ning 2-yarmida eftaliylar bosqinida qattiq shikastlangan, aholi shaharni tashlab keta boshlagan va 7-asrga kelib tashlandiq holga kelgan. 1913-yildan boshlab olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari qadimgi hind jamiyatining turli jabhalarini oʻrganishga doir qimmatli materiallar berdi.