Kontent qismiga oʻtish

Lins

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lins — Avstriyadagi shahar. Yuqori Avstriya yerining maʼmuriy markazi, yirik sanoat shahri. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni, Dunay daryosidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 188 ming kishi (2000). L.da mamlakatda eng yirik "Fyost" metallurgiya kti qurilgan. Mashinasozlik, elektronika, kimyo, oyna-shisha, qogʻoz, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Oliy oʻquv yurtlari, konservatoriya, muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16—20-asrlarda qurilgan Yangi va Eski soborlar, imperator saroyi va boshqa saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil