Kontent qismiga oʻtish

Kim Il-sung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Il-sung
Tavalludi 15-aprel 1912-yil (1912-04-15) (112 yosh)
Mangen qishlogʻi
Vafoti 8-iyul 1994-yil(1994-07-08)
(82 yoshda)
Pxenyan shahri
Fuqaroligi KXDR
Otasi Kim Hyŏng-jik
Onasi Kang Pan-sŏk

Kim Ir Sen (taxallusi; koreyscha „Koʻtarilayotgan Quyosh“ maʼnosida, haqiqiy ismi Kim Son Chju) (15-aprel 1912-yil — Mangende qishlogʻi, Pxenyan shahri yaqinida — 1994-yil 8-iyun Pxenyan) — Koreya siyosiy arbobi. Koreya Mehnat partiyasi (KMP) MK Bosh kotibi (1966-yildan, 1949—66 yillarda KMP MK raisi), KXDR prezidenta (1972-yildan). Qishloq oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Bu oila 1920 (yoki bir yil avval) Xitoyga, Manchjuriyaga koʻchib bordi. K. I. S bu yerda yashirin marksistik toʻgarakka kirdi, bir necha oy qamoqda yotdi. Ozodlikka chiqqach, yapon bosqinchilariga qarshi kurashish maqsadida partizan otryadlaridan biriga qoʻshildi. 1932-yildan keyingi hayoti butunlay partiyaviy-siyosiy ishlar bilan bogʻliqdir. KXDRda saqlanib kelayotgan bir partiyali tizimda K. I. S shaxsiga sigʻinish avj olgan. U „chuchxe“— oʻziga xoslik gʻoyalari asosida qurilgan „yer yuzidagi jannat“ (koreys tipidagi sotsializm) deb atalmish jamiyatning bunyodkori sifatida ulugʻlangan. Jasadi Pxenyan shahridagi „Kimsusan“ maqbarasiga qoʻyilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil