Halldór Laxness
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Halldór Laxness | |
---|---|
Tavalludi | 23-aprel 1902[1] |
Vafoti | 8-fevral 1998[1] |
Ijod qilgan tillari | Island tili |
Fuqaroligi | Islandiya |
LAKSNESS (Laxness; taxallusi, asl nomi — Gudonsson) Xaldour Kilyan (1902.23.4, Reykyavik) — island yozuvchisi. Ilk romantik asari — "Tabiat bolalari" (1919). "Salka Valka" (1—2-jild, 1931—32) romani Islandiyadagi ishchilar hayotiga bagʻishlangan. "Mustaqil odamlar" (1 —2-jild, 1934—35) — island dehqonlari hayoti haqida. 4 kitobdan iborat "Yorugʻ dunyo" (1937—40) asarida dushmanlik kayfi-yatidagi kishilar orasida qolgan qashshoq xalq shoirining takdiri tasvirlangan. "Islandiya qoʻngʻiroqlari" (1943—46) tarixiy trilogiyasida, island eposiga parodiya — "Qahramonlar haqida qissa" (1952) va "Atom stansiyasi" (1948) satirik romanida island xalqining mustaqillik uchun kurash yoʻli haqida hikoya qiladi. "Brexkukot qishlogʻining yilnomasi" (1957), "Qaytarilgan jannat" (1960), "Xudoning sovgʻasi" (1972) romanlari, "Tugʻilgan uy oldidagi oʻtloqda" (1975), "Yosh edim men" (1976), "Yetti donishmand xaqida hikoyat" (1978) biografik trilogiya, dramalar, esselar, hikoyalar toʻplamlari muallifi. L. "Uydan ketib qoldim" (1963) nomli avtobiografiyasida kommunizmni tanqid qiladi. Nobel mukofoti laureati (1955).[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |