Kontent qismiga oʻtish

Ezop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ezop
Asl ismi qadimgi yunoncha: Αἴσωπος
Tavalludi mil. avv. 620
Vafoti mil. avv. 564
Ijod qilgan tillari Qadimgi yunon tili
Fuqaroligi grek

Ezop (miloddan avvalgi VI asr) – yunon masalchisi. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul boʻlib, soʻng ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda boʻlgan, Delfada oʻldirilgan. Antik davrda maʼlum boʻlgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi IV—III asrlardan boshlab toʻplangan va „Ezop masallari“ kitobiga kiritilgan. Milodiy X – XV asrlardagi qoʻlyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan.

Ezop masallari gʻoyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) oʻta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr)dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovgacha Ezop masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar.

  • Gasparov M. L., Antichnne literaturnme basni, M., 1971.