Kontent qismiga oʻtish

Ertoʻgʻrul

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ertoʻgʻrul
ارطغرل غازى
Bey
Gʻozi

Ertoʻgʻrul Gʻozining XVI asrda chizilgan miniatyurasi
Kayı qabilasi beyi
Saltanat 1232-yil – 1281-yil
Oʻtmishdoshi Süleyman Şah yoki Gündüz Alp
Davomchisi Usmon I
Koʻniya sultonligining Söğüt uch beyi
Saltanat ? – 1281-yil
Davomchisi Usmon I
Tugʻilishi 1190-yillar
Ahlat, Koʻniya sultonligi
Vafoti 1280-yillar
Söğüt, Koʻniya sultonligi
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi Halime Hatun
Farzandlari Gündüz Bey
Saru Batu Savcı Bey,
Usmon I
Otasi Süleyman Şah yoki Gündüz Alp
Onasi Hayme Hatun
Dini Sunni Islom

Ertoʻgʻrul (taxminan 1206-1281) - harbiy sarkarda, oʻgʻuzlarning qay (qayigʻ) urugʻidan, usmonlilar sulolasi bobokaloni. 13-asrning 20-yillari — moʻgʻullar istilosi davrida Ertugrul oʻz urugʻdoshlari bilan Movarounnahr va Xurosondan Kichik Osiyoga kelib oʻrnashgan. Bu paytda Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati bir-biridan mustaqil 12 ta beklik (beylik)ka ajralib ketgan edi. Ana shunday bekliklardan biri Kichik Osiyoning shim.gʻarbiy qismida — Koʻniya sultonligi hududida tashkil topgan boʻlib, bu beklikning asoschisi Ertugrul hisoblangan. U chegara hududlarida xizmat qilgan va saljuqiylardan iqto sifatida mazkur mulkni olgan va ularga tobe boʻlgan. Bu beklik Syogyut (Sugut) atrofi (Biljiq va Eskishahar oʻrtasi)dagi hududni oʻz ichiga qamrab olgan. Ertugrul Eskishahardan to Yangishahargacha boʻlgan 50 km lik hududni ham oʻziga boʻysundirgan. Oʻgʻuz turklarining qay urugʻi Eskishahar va Anadolu atroflariga kelib oʻrnashgan. Ertugrul boshchiligidagi turkiylar qoʻshini salibchilarga kuchli zarbalar bergan. Ertugrul uzoq umr koʻrib, baʼzi manbalarda yozilishicha, 75 yoshida olamdan oʻtgan. U tiriklik payti — 1281-yilda oʻgʻli Usmon I ga mazkur beklik boshqaruvini topshirgan.

LL:Miller A.F., Kratkaya istoriya Tursii, M., 1948; Raxmanaliyev R., Imperiya tyurkov, M., 2002.