Kontent qismiga oʻtish

Dahlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dahlar, daylar — (Qadimiy forscha: Dahā; Qadimiy yunoncha: Dáoi, Dasai; lotincha: Dahae; xitoycha: dānhā, Dahān) sharqiy eroniy xalqlardan biri bo'lib Markaziy Osiyo dashtlarida yashagan. Hozirgi Turkmanistonning janubiy, shuningdek, Oʻzbekistonning bir qismida yashagan. Dahlar dastlab Eron shohi Kserksning miloddan avval 486—480 yillarga oid bitigida qayd etilgan. Tarixchi Berosnnyat yozishicha, Kir II Oksus (Amudaryo) boʻylarida yashovchi koʻchmanchi dahlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan. Dahlar Iskandar Maqduniyning Markaziy Osiyoga yurishi (miloddan avval 330—327) ga oid voqealarda ham tilga olingan. Baʼzi farazlarga koʻra, dahlar Spitamenni Iskandarga tutib berganlar. Miloddan avval 3 — milodiy 1—2-asrlardagi yozma manbalar asosan, dahlarni Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy sohilida yashovchi aholi sifatida qayd etadilar. Dahlarning shimolida derbiklar yashashgan. Dahlar aparnlar (parnlar), ksantiylar va pissurlar kabi urugʻlarga boʻlingan. Atrek va Sumbar daryolarining quyi havzasi oʻrta asrlarda Dahiston — Dahlar mamlakati deb nomlangan.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vengriyalik eronshunos olim Yanos Xarmatta aniqlashicha, massagetlar Sakka tigraxauda ("Uchli telpak kiygan saka") deb atalgan va ular dahlar bilan bir xil xalq ekanligini aniqladi. Sakā tigraxaudā (ya'ni massagetlar) Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida yashagan. 1-asrda yashagan yunon tarixchisi Arrian yozishicha, massaget va dahlar ham Amudaryo va Sirdaryo orasida yashagan. Olimlar A. Abetekov va X. Yusupovlar ham dahlar massagetlarning tashkil etuvchi qabila ekanligini taʼkidlaganlar.[1]

Olim Y. A. Zadneprovskiy esa dahlar massagetlarning avlodi boʻlgan degan fikrni ilgari surgan.[2]

Marek Jan Olbrycht fikricha, massagetlar sak qabilalariga oid boʻlgan bo'lsa, dahlar ulardan alohida qabila boʻlgan.

Dahlar dastlab Ahamoniylar saltanatining shimoliy-sharqiy qismida, Margʻiyona yaqinidagi Qoraqum choʻlining qurgʻoqchil dashtlarida, saklar, soʻgʻdiylar va xorazmiylar bilan birgaGirkaniya shimolida yashagan.[3]

Miloddan avval 4-asr oxiri va 3-asr boshlarida dahlar va ayniqsa, ularning tarkibiga kiruvchi parni qabilasi Qoraqum choʻlining janubiy va janubi-gʻarbiy chekkalariga, miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalarida esa gʻarbga koʻchib oʻtgan va Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohillari, Girkaniya shimolidagi yerlarga kelib oʻrnashgan. Yana ikkita dah qabilalari, Xanthioi va Pissouri, sharqda Areia shimolidagi hududlargacha yashagan.

Qadimgi forschada Dahā shaklida yozilgan Dah nomi sak tilidan olingan bo'lib "odam, erkak" ma'nini beradi.

Amerikalik sharqshunos David Gordon White fikricha, Dah nomi "bo'g'uvchilar" degan ma'noni anglatadi va proto hind-yevropa tilidagi "dhau"dan olingan bo'lib, Daklar nomi ham aynan shu so'zdan kelib chiqqan.[4]

Yunon tarixchisi Gerodot ko'chmanchi fors qabilalaridan biri deb atagan dahlar, mardiylar, dropiklar va sagartlar Eron platosi bo'ylab ko'chib yurgan va u yerda ular janubi-g'arbiy qismda yashovchi fors xalqiga qo'shilgan.[5] Dahlar shimolda Xorazm va janubda Parfiya va Girkaniya o'rtasidagi yo'llarni nazorat qilgan.

Bobillik tarixchi Berosning yozishicha, Ahamoniylar imperiyasining asoschisi Kir dahlarga qarshi kurashda halok bo‘lgan.[6] Dog'istonlik eronshunos Muhammad Abdulqodirovich Dandamayevning yozishicha, Beross massagetlarni emas, balki dahlarni Kirning qotili sifatida aniqlagan, chunki ular massagetlar Beross davridan ancha oldin Oʻrta Osiyoning eng mashhur koʻchmanchi qabilasi sifatida oʻrnini egallagan, garchi baʼzi olimlar dahlarni massagetlar bilan bir xil yoki ularning kichik guruhlaridan biri sifatida ta'riflashadi.

Dahlar haqida qayd etilgan eng qadimiy maʼlumot Ahamoniylar shohi Kserks I ning Daiva yozuvida, shuningdek, Sakha Haumavarga va Saka tigraxaudada uchraydi.

Dahlar ahamoniylar qoʻshinining chap qanotida baqtriyaliklar va saklar bilan birga miloddan avvalgi 331-yilda Gaugamela shahrida Makedoniyalik Iskandarga qarshi jang qilgan.

Dahlar miloddan avvalgi 300-yillarda Marg'yona va Areiyaga bostirib kirgan va bu bosqin davomida ular bu ikki davlatda joylashgan Aleksandriya va Gerakliya shaharlarini vayron qilishgan.

Miloddan avvalgi 3-asrda dahlar oʻrnashib qolgan Girkaniya shimolidagi yerlar ularning nomi bilan Dehestān va Dahiston deb nom olgan.[7]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1999.
  1. Abetekov, A.; Yusupov, H. (1994). "Ancient Iranian Nomads in Western Central Asia". In Dani, Ahmad Hasan; Harmatta, János; Puri, Baij Nath; Etemadi, G. F.; Bosworth, Clifford Edmund (eds.). History of Civilizations of Central Asia. Paris, France: UNESCO. pp. 24–34. ISBN 978-9-231-02846-5.. 
  2. Zadneprovskiy, Y. A. (1994). "The Nomads of Northern Central Asia After the Invansion of Alexander". In Dani, Ahmad Hasan; Harmatta, János; Puri, Baij Nath; Etemadi, G. F.; Bosworth, Clifford Edmund (eds.). History of Civilizations of Central Asia. Paris, France: UNESCO. pp. 448–463. ISBN 978-9-231-02846-5. The middle of the third century b.c. saw the rise to power of a group of tribes consisting of the Parni (Aparni) and the Dahae, descendants of the Massagetae of the Aral Sea region.. 
  3. Francfort, Henri-Paul (1988). "Central Asia and Eastern Iran". In Boardman, John; Hammond, N. G. L.; Lewis, D. M.; Ostwald, M. (eds.). The Cambridge Ancient History. Vol. 4. Cambridge, United Kingdom: Cambridge University Press. p. 173. ISBN 978-0-521-22804-6. The Dahas of Xerxes' 'Daiva' inscription (XPh) are perhaps to be situated to the north of Hyrcania where the Dahas mentioned by more recent writers are later to be found. 
  4. White, David Gordon (1991). Myths of the Dog-Man. University of Chicago Press. p. 239.. 
  5. Vogelsang, Willem (1993). "DAHAE". Encyclopædia Iranica.. 
  6. Dandamaev, M. A. (1989). A Political History of the Achaemenid Empire. Leiden, Netherlands ; New York City, United States: Brill. p. 67. ISBN 978-9-004-09172-6.. 
  7. Vogelsang, Willem (1993). "DAHAE". Encyclopædia Iranica..