Amazonkalar
Qiyofa
Bu sahifa Qadimgi yunon dini turkumining bir qismi |
Yunon mifologiyasi |
---|
Xudolar |
Qahramonlar va qahramonlik |
aloqador |
|
Amazonkalar – 1) kad. yunon afsonalaridagi jangchi ayollar. Rivoyatlarga koʻra, Amazonkalar Kichik Osiyoda va Azov dengizi qirgʻoqlarida yashagan va naslini saqlash maqsadida qushni qabila erkaklari bilan yilda bir marotaba jinsiy munosabatda boʻlganlar. Ulardan paydo boʻlgan oʻgʻil bolalarni otalariga qaytarib, qizlarga oʻzlari harbiy tarbiya berganlar. Kamon tortganda xalaqit bermasligi uchun qizlarning oʻng koʻkraklarini kuydirishgan (Amazonka soʻzi „koʻkraksizlar“ degan maʼnoni beradi). Amazonka, odatda, latofatli ayollar sifatida tasvirlangan. Ular haqidagi afsonalar koʻp xalqlar orasida tarqalgan boʻlib, matriarxat davrini aks ettiradi; 2) Amazonka – otliq chavandoz ayol; 3) ayollar ot minganda kiyadigan kiyim.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |