Kontent qismiga oʻtish

Yarmarka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yarmarka (nem. — yillik bozor) — belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan yirik bozor; sotuvga qoʻyilgan tovarlar koʻrgazmasi. Ya.larning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar boʻyicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Ya. mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga moʻljallangan mahsulot toʻgʻrisida axborot beradi. Ya. universal, koʻp tarmoqli va ixtisoslashgan boʻladi (mas, texnika, qishloq xoʻjaligi, xalq isteʼmoli mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqalar). Qatnashchilari tarkibi va qamrovi doirasiga koʻra, jahon, xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy Ya.lar mavjud. Xalqaro Ya.lar (Leypsig, Parij, Vena, Toronto, Damashq va boshqalar) jahon savdosining rivojlanishiga, turli mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, i. ch. ning rivojlanishiga yordam beradi.

YA. savdoning alohida shakli sifatida birinchi marta mil. 1-asrda Yaponiyada vudujga kelgan. Yevropada 10-asrdan maʼlum. 19-asrga kelib transport va savdoiqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan Ya. yangi qiyofa oldi. Ya.larda tovarlar namunalari koʻrgazmalari tashkil etilib savdosotiq tovar birjalaridagi kabi amalga oshirila boshladi. Bir qator shaharlar (mas, Leypsig)da Ya.lar doimiy faoliyat koʻrsatadigan savdokoʻrgazma markazlariga aylandi. 20-asr oxiri — 21-asr boshlariga kelib Ya.larni oʻtkazish yanada takomillashib, umumiy universal Ya.lardan tarmoq, aksariyat hollarda texnik va isteʼmol tovarlari Ya.lariga oʻtish yuz berdi. Ya.lar ilmiytexnika, axborot markazlariga aylanib, ularda ilmiy-texnika kongresslari va simpoziumlari oʻtkaziladi. Mas, Leypnig Ya.si ishbilarmon doiralarning uchrashuv joyi boʻlibgina qolmay, yirik xalqaro ilmiytexnika va iqtisodiy axborot markazi hisoblanadi. Ya.lar faoliyati 1925 yilda Parijda tashkil etilgan Xalqaro yarmarkalar uyushmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Oʻrta Osiyoda vaqtvaqti bilan boʻladigan katta savdo bozorlari qadimdan jamoat gavjum joylarda, xalq sayillarida oʻtkazilib kelingan. Bunday bozorlarda savdogarlar asosan boshqa mamlakatlardan keltirgan mollarini sotganlar. Ilk oʻrta asrlarda shaharlar, hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlmagan joylarda Ya. ayirboshlash amalga oshadigan asosiy markaz boʻlgan.

Urta Osiyo va Rossiya oʻrtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirishda 1643 yilda tashkil topgan Irbit (Gʻarbiy Sibir) Ya.si, qorakoʻl terilari sotilgan Buxoro Ya.si muhim oʻrinda turgan. Turkiston oʻlkasida hozirgi maʼnodagi Ya. — koʻrgazma birinchi marta 1890 yilda Toshkentda oʻtkazilgan.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida paydo boʻlgan va Oʻrta Osiyoning Gʻarbiy Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutgan, asosan, chorva mollari sotilgan Qarqara (hoz. Prjevalsk atroflarida) Ya.sining savdo aylanmasi 1908 yilda 2 mln. rublni tashkil etgan. Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Ya.lar faoliyati toʻxtagan.

Oʻzbekistonda xalq isteʼmoli tovarlari ulgurji savdosi boʻyicha birinchi Ya. 1952 yildaToshkent shahrida tashkil etildi va keyinchalik 21-asr boshlarida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qiladigan davlat va kooperativ tashkilotlar qatnashadigan magazin va pavilon tarmoqlari, umumiy ovqatlanish korxonalarini oʻz ichiga oladigan mahalliy tusdagi Ya. tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tasarrufidagi "Oʻzekspomarkaz"da xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan turli savdosanoat Ya.lari va koʻrgazmalari oʻtkaziladi. 1999 yilda tashkil etilgan "Oʻzkoʻrgazmasavdo" aksiyadorlik jamiyati va uning viloyat markazlaridagi shoʻʼba korxonalari milliy, hududiy, mavzuli koʻrgazma Ya.larini tashkil etish va oʻtkazish, mamlakat xoʻjalik subʼyektlarining eksport salohiyatini, yangi texnologiyalarni tatbiq etish sohasidagi yutuqlarini namoyish etish va yarmarka qatnashchilariga turli xildagi maslahat, marketing va xoʻjalikmaishiy xizmatlarni koʻrsatish va boshqalar bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy tovarlar ishlab chiqarish va savdo majmui huzurida 2002 yilda Ya. savdolari oʻtkazish boʻyicha respublika kengashi tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining asosiy savdo maydonlarida va viloyat shoʻʼba korxonalarida birjaga qoʻyiladigan tovarlar koʻrgazmalari tashkil etilgan. Birjaning XXR Urumchi shahrida doimiy faoliyat koʻrsatadigan "Oʻzbekyarmarkasi" shoʻʼba korxonasi bor.

J.Yoʻldoshev N. K., Oʻrta Osiyoda bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyoti, T., 1991.

Nuriddin Yoʻldoshev.