Kontent qismiga oʻtish

Xameleonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xameleonlar
Furcifer pardalis
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Xameleonlar, buqalamunlar (Chamaeleonidae) – kaltakesaklar oilasiga mansub sudralib yuruvchilar. Tili uzun boʻlib, ancha uzoqdagi oʻljani ham ushlab olish xususiyatiga ega. Rangi tashqi omillar (harorat va yorugʻlik) taʼsirida tez oʻzgaradi. [[1]]

90 turi maʼlum. Afrika, Madagaskar oroli va shu atrofdagi boshqa orollarda hamda Janubiy Yevropa, Gʻarbiy va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tanasi 60 sm gacha. Boʻyni kalta, uzun dumi spiralsimon oʻraladi. Oyoqlari uzun, besh barmoqli, barmoqlari 2-3 tadan guruh boʻlib teri gʻilof ichida joylashgan. Tanasi shoxsimon tangachalar va teri oʻsiqchalar bilan qoplangan. Koʻz qovoqlari rivojlangan (koʻzlari bir-biridan mustaqil ravishda harakatlana oladi). Koʻpchilik xamelion oʻpkasida xaltasimon oʻsiqlari boʻladi. Xavf sezganda koʻp havo yutadi va tana shakli oʻzgarib, qoʻrqinchli tuye oladi. Rangi yorugʻlik, temperatura va boshqa taʼsirida tez oʻzgaradi (nomi shundan). Daraxt va butalarda soatlab oʻljasini poylab, qimirlamay oʻtiradi. Uzun tilini oʻljasiga otib, yopishtirib oladi. Hasharotlar bilan, yirik turlari mayda qushlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Koʻpchiligi tuxum qoʻyib (bir yoʻla 35 tagacha), ayrimlari tirik (14 tagacha bola) tugʻib koʻpayadi.