Willem van Aelst
Willem van Aelst (niderlandcha: Willem van Aelst, 1627-yil 16-may (choʻqintirilgan) Utrext yoki Delft — 1683 yildan keyin Amsterdam) — Gollandiyalik barokko rassomi, Gollandiyaning gul va mevali natyurmort maktabining vakili[1].
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Willem van Aelst amakisi rassom Evert van Aelstdan rasm chizishni oʻrgangan. 1643-yilgacha — Italiyada yashaydi va ishlaydi[2]. Uzoq vaqt davomida u Florensiyada boʻlib, u yerda Toskananing Buyuk Gersogi Ferdinando II Medicining buyurtmalarini bajaradi. Italiyada van Aelst boshqa niderlandiyalik usta Otto Marseus van Screek bilan uchrashadi va hamkorlik qiladi, u tez-tez van Aelstning natyurmortlariga hasharotlar tasvirini chizadi. Italiyada ekanligida, u uzoq vaqt davomida oʻz rasmlariga „Vogelverschrikker“ nomi bilan imzo chekdi, bu keyinchalik uning taxallusiga aylandi. Rassom 1657-yildan to vafotigacha Amsterdamda yashab ijod qiladi[3]. Ustaxonasini jihozlab, u yerda talabalarni qabul qila boshladi, mashhur shogirdlari orasida Reychel Ruysh va Mariya van Osterveyk ham bor edi.
Van Aelstning ilk asari „Mevali natyurmort“ (1642) Ikkinchi jahon urushi paytida yoʻq qilingan.
Willem van Aelst natyurmortning ajoyib ustasi, rang-barangligi va oʻz rasmlarida matolar, metallar, qush patlari va boshqalarni tasvirlash qobiliyatiga ega edi. Uning natyurmortlari Gollandiyalik vatandoshlarinikidan Uygʻonish davri antiqa buyumlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Moviy baxmal tasviri uning natyurmortlarida tez-tez uchraydi. Rassom juda qimmat lapis lazuli (lojuvard) pigmentidan foydalangan. Ushbu mahsulot Xitoydan olib kelingan. Hozirda uning rasmlarini Amsterdam, Berlin, Vashington, Budapesht, Drezden, Vena, Gamburg, Kopengagen, Madrid, Parij, San-Fransisko, Tuluza, Gyoteburg, Cincinnati, Kassel, Oksford va boshqalardagi yirik muzey va sanʼat galereyalarida koʻrish mumkin.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Kaltaklangan qush va ov aksessuarlari bilan natyurmort (taxminan 1660 yil)
-
Kumush vazadagi gullar (1663)
-
Ov uskunalari va o'lik qush bilan natyurmort (1668)
-
Gullar bilan natyurmort (1665)
-
Mevali natyurmort (1677)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A. Plushard . Ensiklopedik leksika, 8-jild. — A. Plyushar bosmaxonasi; S.-P., 1837 — b. 255 (Van-Alst, Vilgelm).
- Renate Trnek: Die hollandischen Gemälde des 17. Jahrhunderts, Akademie der Bildenden Künste in Wien. Gemäldegalerie, Böhlau Verlag Wien, 1992, ISBN 978-3-205-05408-5, S. 2 Villem van Aelst
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Работы в музеях мира“ (en). Artcyclopedia. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
- „Elegance and Refinement: The Still-Life Paintings of Willem van Aelst“ (en). The Museum of Fine Arts (Houston). Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
- „Elegance and Refinementt: The Still Life Paintings of Willem van Aelst (каталог выставки)“ (en). NGA. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.