Kontent qismiga oʻtish

Utopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Utopiya (qadimgi yunoncha: οὐ — „yoʻq“ va τόπος — „joy“, yaʼni „yoʻq joy“, „xayoliy joy“, boshqa taxminlarga koʻra, qadimgi yunoncha: εὖ — „farovon“ va τόπος — „joy“, yaʼni „farovon joy“) — ilmiy asoslab berilmagan ideal ijtimoiy tuzum tasviri; ilmiy fantastika janri; ijtimoiy katta oʻzgarishlarning noreal rejalari aks etgan barcha asarlarning atalishi. „Utopiya“ termini Thomas Morening „Utopia“ asari nomidan olingan. Bu tushuncha keyinchalik adolatli ijtimoiy tuzum timsoli — bir xayoliy mamlakat tavsifi sifatida qoʻllaniladigan boʻldi.