Kontent qismiga oʻtish

Ulysses S. Grant

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ulysses S. Grant

Grant portreti (1870—1880)
18-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
4-mart 1869-yil – 4-mart 1877-yil
Vitse-prezident
Oʻtmishdoshi Andrew Johnson
Vorisi Rutherford B. Hayes
AQSh armiyasi komandir-generali
Mansab davri
9-mart 1864-yil – 4-mart 1869-yil
Prezident
Oʻtmishdoshi Henry W. Halleck
Vorisi William Tecumseh Sherman
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-aprel 1822-yil
Point Pleasant, Ohio, AQSh
Vafoti 23-iyul 1885-yil(1885-07-23)
(63 yoshda)
Wilton, New York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar partiyasi
Boʻyi 175 sm
Turmush oʻrtogʻi Julia Grant
Bolalari Frederick Dent Grant, Ulysses S. Grant, Jr., Nellie Grant, Jesse Root Grant
Ota-onasi
  • Jesse Root Grant
  • Hannah Simpson Grant
Kasbi
  • Siyosatchi
  • harbiy ofitser
Imzosi

Ulysses S. Grant (talaffuzi: Uliss Grant; tugʻilgan paytidagi ismi Hiram Ulysses Grant (talaffuzi: Hayram Uliss Grant); 27-aprel, 1822-yil — 23-iyul, 1885-yil) amerikalik harbiy ofitser va siyosatchi boʻlgan boʻlib, 1869-yildan 1877-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlari 18-prezidenti lavozimini bajargandir. Prezident oʻlaroq Grant Adliya vazirligini yaratgan va qayta qurish davrida afroamerikaliklarni muhofaza qilish uchun Radikal Respublikachilar bilan birga ishlagan samarali fuqarolik huquqlari boʻyicha maʼmuriyat boshligʻi boʻlgan. Komandir-general oʻlaroq u 1865-yili Amerika fuqarolar urushida Birlik (Union) armiyasini gʻalabaga yetakladi hamda keyinroq oz muddat urush kotibi lavozimida faoliyat yuritdi.

Oila afsonasiga koʻra, bola uchun „Ulysses“ ismini qoʻyishni uning oʻgay buvisi Sara Simpson taklif qiladi. U bu ismni Fenelonning „Telemakning sarguzashtlari“ romaniga katta taassurot qoldirgan personaj — „Ulysses“ (Odissey) dan olgan. va „Hayrem“ ismini esa bobosi Jon Simpson qoʻygan[1]. „S“ bosh harflari esa Grantni „West Point“ akademiyasiga tavsiya qilgan[2] Kongress aʼzosi Thomas Hamerning xatosi tufayli paydo boʻlgan. Ulissning onasining familiyasi boʻlgan Simpson nomi esa, baʼzan uning ikkinchi ismi deb notoʻgʻri talqin qilingan boʻlsa-da, Grantning fikriga koʻra, bu haqiqatga mos kelmaydi. Akademiyada Grant ismining bosh harflari bilan: „U. S. Grant“ deb qayd qilingani tufayli uni „Sam Grant amaki“ deb chaqirishgan, yoki oddiygina qilib Sam deb.

Hiram Ulysses Grant Ohio shtatining Point Pleasant shahrida 1822-yil 27-aprelda dunyoga kelgan. Otasi Jesse Root Grant koʻnchi va savdogar boʻlgan, onasi — Hannah Simpson Grant.[3]

1897-yilda Grant xotirasiga New York shahrida Grant mavzoleyi ochildi.

Shu kungacha Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi beshta shahar uning nomi bilan atalgan. Kansas shtatidagi Ulysses shahri ham Grant sharafiga nomlangan.

1913-yildan buyon Grant portreti 50 dollarlik banknotada tasvirlangan.[4][5]

  1. Simpson, Brooks D, Ulysses S. Grant: Triumph Over Adversity, 1822—1865. New York, 2000. P. 2.
  2. Ron Chernow. Grant. Penguin Press, 2017. ISBN 9781594204876. 
  3. McFeely 1981, s. 6.
  4. „Silver Commemoratives, 1922“. NGC. Qaraldi: 25-noyabr 2016-yil.
  5. „1922 Grant Half Dollar“. SDL Numismatic Properties (2012). 31-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-noyabr 2016-yil.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biografik

Harbiy va siyosat

Birlamchi manbalar

Historiography