Kontent qismiga oʻtish

Uch shoxli nerv nevralgiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uch shoxli nerv nevralgiyasi (shamollashi) — kuchli depressiya,tashvish va uyqu buzilishining yuqori darajasi bilan bogʻliq va bu yuzga va boʻyinga tarqaladigan, hatto eng kichik shamol nafasi bilan ham yuzaga keladigan yuz ogʻrigʻining eng keng tarqalgan turidir.

Uch shoxli nerv nevralgiyasi tarqalishi juda yuqori boʻlib,Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra kasallanish darajasi har 10000 aholiga 2-4 tani tashkil etadi. Statistikaga koʻra dunyo boʻylab 1 milliondan ortiq odamlar mazkur kasallik bilan aziyat chekmoqda. Koʻpincha bu kasallik 50-70 yoshlik ayollarda(ayollar va erkaklar kasallanishi 3:1 nisbatda), yuzning oʻng yarmida uchraydi.

Nevralgiyaning ushbu turi birinchi marta 1773-yili shifokor Jon Fotergill tomonidan tasvirlangan va Edinburg universiteti tibbiyot fakulteti bitiruvchisi Jon Murray Karnochan tomonidan jarrohlik yoʻli bilan davolangan. Bemorlarda kuchli ogʻriq va suitsidga moyillikning yuqoriligi tufayli ushbu kasallik tarixan „oʻz joniga qasd qilish kasalligi“ deb ham  nomlangan.

Odatiy simptomlari: yuzning bir tomonida bir necha soniyadan bir  daqiqagacha davom etadigan kuchli, toʻsatdan, shokka oʻxshash ogʻriq kuzatiladi.

Noodatiy simptomlarida esa doimiy, toʻxtovsiz davom etadigan kuchli ogʻriq kuzatiladi.

Kasallik sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning aniq sabablari aniqlanmagan, ammo rivojlanishiga turli qon tomirlari, endokrin-metabolik, allergik kasalliklar, shuningdek psixogen omillar sabab boʻladi.

Davolash jarayoni kasallik simptomlariga asoslanadi va dori-darmonlar yoki jarrohlik amaliyotini oʻz ichiga oladi. Antikonvulsant, karbamazepin yoki okskarbazepin, odatda, dastlabki davo vositalari boʻlib, odamlarning taxminan 80% da samara beradi. Bemorlarning 20%da preparat bekor qilishni talab qiladigan nojoʻya taʼsirlar kelib chiqadi. Holati oʻzgarmangan yoki dori-darmonlarga qarshi immunitet hosil boʻlganlar bemorlarda diagnoziga koʻra bir qator jarrohlik turlarini sinab koʻrish mumkin. Masalan, teri orqali radiochastota qilish ham ogʻriqqa qarshi samarali usul boʻlishi mumkin. Ammo radiojarrohlik vaqtinchalik muolaja boʻlib, maʼlum vaqt oʻtishi bilan samarasi pasayadi.