Tez tayyorlaniladigan ugralar
Oddiy blok shaklidagi tez tayyorlanadigan ugra (quritilgan) | |
Turi | Lagʻmon |
---|---|
Asosiy komponentlari | quritilgan yoki oldindan pishirilgan ugra, ziravorlar |
Tez tayyorlaniladigan ugra yoki ramen — bu oldindan pishirilib quritilgan va xushbo‘ylovchi kukun yoki ziravor yog‘i bilan birga blok shaklida sotiladigan lag‘mon taomining bir turi hisoblanadi. Quritilgan xamir bo‘lagi dastlab pishirilgan makaron mahsulotini tez qovurish yoʻli orqali tayyorlangan bo‘lib, bu usul hozirga qadar Osiyo mamlakatlarida[1] asosiy usul hisoblanadi. G‘arb mamlakatlarida esa havoda quritilgan xamir bo‘laklari ko‘proq ma’qul ko‘riladi. Quritilgan xamir bloklari ovqatdan oldin qaynatish yoki qaynoq suvda boʻktirish olish uchun mo‘ljallangan. Yapon oshxonasining Xitoy lag‘mon sho‘rvasiga moslashtirilgan turi bo‘lgan ramen, ba’zi yapon ishlab chiqaruvchilari tomonidan tez tayyorlanadigan lag‘mon ta’mlarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Ushbu taomlar Qo‘shma Shtatlarda barcha tez tayyorlanadigan makaron mahsulotlari bilan sinonim bo‘lib qolgan.
Tez tayyorlaniladigan ugralar Yaponiyadagi Nissin Foods kompaniyasi xodimi Momofuku Ando tomonidan ixtiro qilingan. Ularning faoliyati 1958-yilda Chikin Ramen brendi ostida boshlangan. 1971-yilda Nissin kompaniyasi birinchi stakan lag‘mon mahsuloti - Cup Noodlesni bozorga chiqardi. Ushbu ugralar butun dunyo bo‘ylab ko‘plab brend nomlari ostida sotiladi.
Tez tayyorlanadigan ugralarning asosiy tarkibiy qismlari un, kraxmal, suv, tuz va/yoki (yaponcha: かん水 kansui ), tarkibida natriy karbonat va odatda kaliy karbonat va ba’zan oz miqdorda fosfat kislotasi bo‘lgan ishqoriy mineral suvlari qoʻshiladi[2]. Ta’m beruvchi kukunning umumiy tarkibiy qismi tuz, monosodium glutamate, ziravorlar va shakardir. Ta’m beruvchi kukun odatda alohida paketda bo‘ladi. Idishli lag‘monda ta’m beruvchi kukun ko‘pincha idish ichida bo‘ladi. Ba’zi tez tayyorlanadigan ugra mahsulotlari muhrlangan holda qadoqlanadi va ularni qayta isitish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri paket yoki qadoqdan iste’mol qilish mumkin.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xitoyda ugra (noodle) tarixi ko‘p asrlar oldingi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Xitoyda Yi ugrasiga o‘xshash, avval qaynatib, so‘ng qovurilib, sho‘rvada tortiladigan ugra turi mavjud bo‘lganligi haqida turli xil dalillar mavjud[3]. Afsonaga ko‘ra, Sin sulolasi davrida bir oshpaz pishirilgan tuxumli makaron mahsulotlarini qaytadan qaynatishga solgan edi. Ularni suvdan olib, qaynoq yog‘da qovurdi va sho‘rva shaklida dasturxonga tortdi[3]. Journal of Ethnic Foods ma’lumotlariga ko‘ra, ugraning dastlabki qadoqlari „Yi lag‘monlari“ deb nomlangan[3].
Zamonaviy tez tayyorlaniladigan ugralar Yaponiyada Momofuku Ando tomonidan yaratilgan[4][5]. Ular birinchi marta 1958-yil 25-avgustda Andoning Nissin kompaniyasi tomonidan Chikin Ramen brendi ostida sotilgan[6].
Ando tez tayyorlaniladigan ugra ixtiro qilishidan ancha oldin, 1953-yilda Yoshio Murata ugralarni mexanik ravishda to‘lqinsimon shaklga keltirish usulini kashf etgan edi. Murataning ixtirosi lag‘monni o‘nlab marta tezroq joylashtirish imkonini berdi, bu esa tez tayyorlanadigan lag‘monni ommaviy ishlab chiqarishga yo‘l ochdi[7][8]. Lag‘monni to‘lqinsimon shaklda boʻlishining bir qancha afzalliklari mavjud: ko‘proq lag‘mon kichik qadoqqa sig‘adi, pishirish paytida lag‘monlar bir-biriga yopishib qolish ehtimoli kamayadi, bir tekis pishadi va ta’mi hamda mazasi yaxshilanadi, ular kamroq mo‘rt bo‘lib, tashish va saqlash osonlashadi, quritish va shakl berish jarayoni yengillashadi, elastikligi oshadi, shuningdek, iste’mol qilish paytida lag‘monning tayoqcha yoki vilkadan sirg‘alib tushish ehtimoli kamayadi[9].
Har bir ugra bloki oldindan ziravorlangan va 35¥ dan sotilgan. Ugra ustidan issiq suv quyulib, ikki daqiqa kutiladi va lag‘mon tayyor bo‘ladi. Narxi va yangiligi tufayli, Chikin Ramen dastlab hashamatli mahsulot sifatida qaralgan, chunki yapon oziq-ovqat do‘konlari odatda yangi lag‘monlarni ularning narxidan olti baravar arzonroqqa sotishgan[10][11]. Bunga qaramay, tez tayyorlanadigan ugralar vaqt o‘tishi bilan juda ommalashib ketdi, ayniqsa Mitsubishi korporatsiyasi tomonidan targ‘ib qilinganidan so‘ng[12]. Dastlab Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyoda mashhurlikka erishib, hozirda mahalliy madaniyatlarga mustahkam singib ketgan, tez tayyorlanadigan ugra oxir-oqibat dunyoning boshqa qismlariga tarqaldi va mashhurlikka erishdi[1].
Tez tayyorlaniladigan ugralar kelib chiqishining o‘ziga xosligi Tayvanning Pingtung okrugidan kelib chiqqan[13]. Pingtunglik Chang Kuo-wen 1956-yilda tez tayyorlanadigan ugra uchun patent topshirdi. 1961-yil 16-avgustda Zhang patentni Momofuku Andoga 23 million ¥ evaziga topshirgan[13].
Davlatlar | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xitoy | 44.40 | 40.43 | 38.52 | 38.97 | 40.25 | 41.45 | 46.35 |
Indoneziya | 13.43 | 13.20 | 13.01 | 12.62 | 12.54 | 12.52 | 12.64 |
Hindiston | 5.34 | 3.26 | 4.27 | 5.42 | 6.06 | 6.73 | 6.73 |
Yaponiya | 5.50 | 5.54 | 5.66 | 5.66 | 5.78 | 5.63 | 5.97 |
Vietnam | 5.00 | 4.80 | 4.92 | 5.06 | 5.20 | 5.43 | 7.03 |
AQSh | 4.28 | 4.08 | 4.10 | 4.13 | 4.40 | 4.63 | 5.05 |
Filippin | 3.32 | 3.48 | 3.41 | 3.75 | 3.98 | 3.85 | 4.47 |
Koreya Respublikasi | 3.59 | 3.65 | 3.83 | 3.74 | 3.82 | 3.90 | 4.13 |
Tailand | 3.07 | 3.07 | 3.36 | 3.39 | 3.46 | 3.57 | 3.71 |
Braziliya | 2.37 | 2.37 | 2.35 | 2.23 | 2.37 | 2.45 | 2.72 |
Rossiya | 1.94 | 1.84 | 1.57 | 1.78 | 1.85 | 1.91 | 2.00 |
Nigeriya | 1.52 | 1.54 | 1.65 | 1.76 | 1.82 | 1.92 | 2.46 |
Nepal | 1.11 | 1.19 | 1.34 | 1.48 | 1.57 | 1.64 | 1.54 |
Malayziya | 1.34 | 1.37 | 1.39 | 1.31 | 1.37 | 1.45 | 1.57 |
Meksika | 0.90 | 0.85 | 0.89 | 0.96 | 1.18 | 1.17 | 1.16 |
Milliard porsiyalarda. Manba: World Instant Noodles Association[14] |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Burmon, Andrew „Instant Noodles Will Either Save the World or Ruin It“. Inverse (2015-yil 11-iyun). 2018-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.
- ↑ „How Instant Noodles are made“. recipes.timesofindia (2018-yil 15-noyabr).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Zhang, Na; Ma, Guansheng (1 September 2016). "Noodles, traditionally and today" (en). Journal of Ethnic Foods 3 (3): 209–212. doi:10.1016/j.jef.2016.08.003. ISSN 2352-6181.
- ↑ Wallace, Bruce. „Entrepreneur Momofuku Ando, 96“ (2007-yil 8-yanvar). 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyun.
- ↑ "Inventor of instant noodles dies" (Wayback Machine saytida 27 March 2018 sanasida arxivlangan) BBC News. 6 January 2007
- ↑ Celia Hatton. „The Eternal Life of the Instant Noodle“. BBC (2018-yil 28-sentyabr). 2020-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ „ja:「サッポロ一番」札幌・ラーメン横丁の味を家庭に届けたい“ (ja). Organization for Small & Medium Enterprises and Regional Innovation, JAPAN. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „ja:懐かしの中華そば“ (ja). Miyakoichi Co., Ltd. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Why is instant noodles curved instead of straight?“. www.noodlemachinery (2019-yil 12-noyabr). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Beech, Hannah. „Momofuku Ando“ (2006-yil 13-noyabr). 2008-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „About Us“ (2018-yil 22-noyabr). 2007-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Inventor of the Week Archive: Momofuku Ando“. MIT. 2007-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 13,0 13,1 „zh: 劉黎兒觀點》泡麵是日本人發明的?日媒還台灣雞絲麵發明者一個公道“ ["Liu Lier's View" Instant Noodles Were Invented by the Japanese? Japanese Media Also Gave Credit to the Inventor of Taiwanese Chicken Noodles] (zh). newtalk.tw (2019-yil 29-mart). 2020-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
- ↑ „Global Demand, World Instant Noodles Association“. instantnoodles.org. 2019-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Instant Ramen homepage (Wayback Machine saytida 20 May 2009 sanasida arxivlangan) (by the Japan Convenience Foods Industry Association)
- World Instant Noodles Association (WINA)