Kontent qismiga oʻtish

Suvsarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvsarlar– yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasi choʻziq, egiluvchan, oyoqlari kalta va 5 barmoqli, tirnoqlari ichiga tortilmaydi. Ayrim turlarida barmoqlari orasiga parda tortilgan; dengiz qunduzining orqa oyoqlari eshkakka aylangan. Suvsarlar – tovonda va yarim tovonda harakatlanuvchi hayvonlar. Yungi qalin va yumshoq. Koʻpchilik suvsarlar yilda 2 marta tullaydi. Anal bezlari oʻtkir hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. Suvsarlar sistematikasi aniq ishlab chiqilmagan. Odatda, 64 tur, 24 uru/ga ajratiladi. Oʻzbekistonda 9 turi (qunduz, asalxoʻr, boʻrsiq, togʻ suvsari, olakoʻzan, qora latcha, oq latcha, sassiqkoʻzan, amerika norkasi) uchraydi. Har xil biotoplar (suv, quruqlik)da yashaydi; in kovlaydi yoki boshqa hayvonlar qazigan inlardan foydalanadi. Amerika norkasi iqlimlashtirilgan, asosan, maxsus moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik suvsarlar etxoʻr hayvonlar; zararkunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Suvsarlar qimmatli moʻynasi uchun ovlanadi, bir qancha turlari moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik turlari soni keskin kamayib ketganligi sababli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.