Kontent qismiga oʻtish

Planimetr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Planimetr (lot. planum — tekislik va yun. metreo — oʻlchayman) — toʻgʻri shaklli boʻlmagan yassi shakllar yuzasini aniqlash uchun moʻljallangan mexanik asbob. Eng keng tarqalgan P.ning asosiy qismlari: hisoblash mexanizmi va shakl qiyofasini chizib chiqadigan shtifli dasta (richag). P.ning qut-biy, chiziqli va radial xillari bor. Qutbiy P.da shtift aylana, chiziqli P.da toʻgʻri chiziq va radial P.da nuqta boʻyicha harakatlanadi. Baʼzi tur integ-rallarni topish uchun ishlatiladigan P. ham bor. P. geometriyada, loyihalash ishlarida, harbiy ishda, geodeziya va geofizika sohalarida ishlatiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil