Kontent qismiga oʻtish

Litavra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Litavra

Litavrachi
Boshqa nomlari Timpani, kettledrums, Timps, Pauken
Turi

Urma-zarbli cholgʻular guruhi

Litavra — dovulsimon urma musiqa cholgʻusi. Sharq xalqlarining turli (dovul, nogʻora kabi) cholgʻulari asosida XV asrda Yevropada yaratilgan. XVII asrdan simfonik orkestr tarkibiga kiritilgan. Qozonsimon koʻrinishda boʻlib (diametri 55-70 sm), mis, jez yoki aluminiydan ishlanib, ogʻzi teri bilan qoplanadi. Maxsus tayoqchalar bilan teriga urish natijasida yangroq, gulduros tovush hosil qiladi. Zamonaviy turlari maxsus vintlar (yoki pedal mexanizmi) bilan terini tortish orqali sozlanadi. Orkestrda 2 dan 5 tagacha turli sozdagi litavra qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil