Kontent qismiga oʻtish

Koʻp nuqta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tilshunoslikda "elipsis" hodisasi

Terminlarning keragidan ortiq darajada cho‘ziq bo‘lishi elipsis hodisasini keltirib chiqaradi.

[1]

Koʻp nuqta
Unicode ichida U+2026
UTF-16 0x2026
URL-kod %E2%80%A6
Yana qara
Nuqta

Koʻp nuqta — ketma-ket qoʻyiladigan uch (soʻroq yoki undov belgisidan soʻng ikki) nuqtadan iborat tinish belgisi. Koʻp nuqta, asosan, quyidagi oʻrinlarda ishlatiladi:

  1. gapning tugallanmaganligini bildirganda: — Men nima qilibman... Siz... — dedi Xolmurod... (P. Tursun);
  2. nutq jarayonida soʻzlovchining toʻxtalishini bildirganda: Sen... sen qoʻriqqa borasan;
  3. iqtiboslarning bir qismi tushirib qoldirilganda;
  4. dialogda savol javobsiz qolganda.[2]
  1. Tilshunoslikka kirish.Z.Xolmonova.55-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil