Kontent qismiga oʻtish

Kendall Jenner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kendall Nicole Jenner

Kendall Jenner 2021-yilgi Met Galada
Tavalludi 3-noyabr 1995
Fuqaroligi AQSH
Kasbi model, sotsialist
Ota-onasi Caitlyn Jenner, Kris Jenner
Qarindoshlari Kardashianlar oilasi
Modellik
Boʻyi 5 ft 11 in (1.80 m)[1]
Soch rangi jigarrang
Koʻz rangi jigarrang[2]
Agentlik The Society Management (Nyu York)
Elite Model Management (Parij, Milan, London)

Kendall Nicole Jenner (1995-yil 3-noyabrda tavallud topgan)[3] – amerikalik model, ommaviy axborot vositalarida taniqli shaxs, sotsialist va tadbirkor ayol. Kendall Jenner Kris Jenner va Caitlyn Jennerning qizi. 2007-yildan 2021-yilgacha "Keeping Up with the Kardashians" realiti-shousining 20 ta faslida qariyb 15 yil davomida rol ijro etadi va bu orqali katta shuhrat qozonadi. Xalq orasida katta muvaffaqiyatga erishgan ushbu shou keyinchalik „Kourtney and Khloe Take Miami“ (2009), „Kourtney and Kim Take New York“ (2011), „Khloe & Lamar“ (2011), „Rob & Chyna“ (2016), „Life“ va „Kylie“ (2017) kabi bir nechta spin-off seriyalarining ham yaralishiga sabab boʻldi. Keyinchalik, Kardashian va Jennerlar oilasi ushbu realiti-shouning yakunlanishi haqida xabar berishadi, 2022-yilga kelib esa ular yangi Hulu Kardashians realiti-serialida suratga tushishadi.

Kendall Jenner 14 yoshidan boshlar modellik bilan shugʻullana boshlaydi. Bir qancha vaqt mobaynida tijoriy bosma reklama kompaniyalari va bir qator fotosessiyalarda ishlaganidan soʻng, 2014 va 2015-yillarda Nyu York, Milan va Parij shaharlarida mashhur moda dizaynerlari tomonidan oʻtkaziladigan moda haftaliklarida runway model sifatida oʻz chiqishlarini namoyish etadi. Kendall Jenner LOVE va boshqa turli xalqaro Vogue jurnallarida chop etiladigan maqola va nashrlar uchun turli kompaniyalar nomidan suratga tushadi[4]. Jenner Forbes jurnalining 2015-yilgi eng koʻp daromad topadigan modellar roʻyxatida 16-oʻrinni egallaydi, oʻsha yili uning yillik daromadi $4 millionni tashkil qiladi[5]. 2017-yilda Jenner Forbes talqini boʻyicha dunyoning eng koʻp maosh toʻlanadigan modeli deb topiladi va bu orqali 2002-yildan beri ushbu roʻyxatni boshqarib kelayotgan model Gisele Bundchenni ortda qoldiradi[6]. 2021-yilda model oʻzining 818 Tequila brendini ishga tushiradi[7].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kendall Nicole Jenner 1995-yilning 3-noyabrida Los-Anjelesda (Kaliforniya) dekatlon boʻyicha sobiq Olimpiada chempioni Caitlyn Jenner (oʻsha paytda Bruce Jenner nomi bilan tanilgan)[izoh 1][9] va televideniye orqali taniqli shaxsga aylangan tadbirkor ayol Kris Jenner (qizlik familiyasi Houghton) oilasida tavallud topgan[10]. Jennerning ikkinchi ismi Nicole onasi Krisning eng yaqin doʻsti Nicole Brown Simpsonning xotirasiga bagʻishlab qoʻyilgan, Kris Jennerning xomilador boʻlishidan oldin oʻldirilgan[11].

Kendall Jennerning Kylie Jenner ismli tugʻishgan singlisi va Caitlyn Jennerning oldingi oilasidan sakkizta oʻgay opa-singillari va aka-ukalari bor. Oʻgay akalari – Bert, Brandon va Brody Jenner, oʻgay opasi – Casey Marino. Onasi Kris Jennerning oldingi oilasidan esa uning uchta – Kourtney Kardashian, Kim Kardashian, Khloé Kardashian ismli oʻgay opalari va Rob Kardashian ismli bitta oʻgay akasi bor[12].

Kendall Jenner singlisi Kylie Jenner hamda opalari Kardashianlar bilan birgalikda Los-Anjelesning gʻarbiy qismida joylashgan Calabasas shahrida voyaga yetgan. Jenner modellikni davom ettirish maqsadida uyda taʼlim olishni boshlashidan avval Sierra Canyon Schoolda oʻqigan[13]. Taʼlimini 2014-yilda tamomlagan[14]. 2014-yilning may oyida model Los-Anjelesda $1,4 millionga ikki xonali, 2,5-vannali kondominium sotib oladi.

Televideniyedagi martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kendall Jenner 2019-yilda

2007-yilda Kendall Jennerning onasi Kris Jenner Kardashianlar oilasi haqidagi realiti-shouni efirga uzatish uchun Ryan Seacrest bilan uchrashadi. Oʻzining prodyuserlik kompaniyasiga ega boʻlgan Seacrest mashhur oilalar hayotiga asoslangan „Osbourne“ shousini efirga uzatish gʻoyasini oʻylab topadi va bu gʻoyani rivojlantirishga qaror qiladi[15]. Nihoyat, shou E! telekanalida efirga uzatiladi, Kendall Jennerning onasi esa ushbu shouda ijrochi prodyuser sifatida faoliyat yuritadi. Serial 2007-yil 14-oktyabrda Kendall Jenner, uning ota-onasi Kris va Bruce (hozirgi Caitlyn) hamda opa-singillar Kylie, Kourtney, Kim, Khloé va Rob ijrosida efirga uzatiladi[16]. Ushbu realiti-shou „Keeping Up with the Kardashians“ deb nomlanadi va Kardashianlar oilasi aʼzolarining shaxsiy va professional hayoti haqida hikoya qiladi[17].

  1. https://models.com/models/kendall-jenner
  2. https://www.thesocietymanagement.com/home.web
  3. Nesvig. „10 Reasons Why Kendall Jenner Would Make the Perfect Sister in honor of her 20th birthday“. Teen Vogue (2015-yil 3-noyabr). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-noyabr.
  4. „Estée Lauder Official Site“. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  5. Robehmed, Natalie (September 17, 2015). "The World's Highest-Paid Models 2015: Gisele Leads, Kendall Joins". Forbes. Archived from the original on October 16, 2015. https://web.archive.org/web/20151016134925/http://www.forbes.com/sites/natalierobehmed/2015/09/17/the-worlds-highest-paid-models-2015-gisele-leads-kendall-joins/. Qaraldi: September 24, 2015. Kendall Jenner]]
  6. Robehmed, Natalie. „Highest-Paid Models 2017: Kendall Jenner Takes Crown From Gisele With $22M Year“. 2017-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-noyabr.
  7. Smith. „Kendall Jenner Announces Launch Of Her Own Tequila Brand, 818“ (en-GB). The Drinks Business (2021-yil 18-fevral). 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  8. Bissinger, Buzz „Introducing Caitlyn Jenner“. Vanity Fair. Condé Nast (Advance Publications) (2015-yil 1-iyun). 2015-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
  9. „Caitlyn Jenner on transitioning: 'It was hard giving old Bruce up. He still lives inside me'“. Guardian (2017-yil 8-may). 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  10. „Kris Jenner“. Biography (2020-yil 12-iyun). 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  11. Gray, Lorna (April 12, 2016). „Kendall Jenner explains the importance behind her middle name 'Nicole'. Cosmopolitan. April 14, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 12, 2016.
  12. Challis. „Who are the Kardashians and the Jenners? Your guide to Kylie, Kim, Caitlyn and the family“. BT Group (2015-yil 18-sentyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  13. Lipton, Lauren. „Kendall Jenner, a Sister Who Does More Than Keep Up“. The New York Times (2013-yil 7-iyun). 2015-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
  14. Bailey. „Kendall and Kylie Jenner Got a Crazy Surprise Graduation Party“. Elle (2015-yil 24-iyul). 2015-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-dekabr.
  15. Brodesser-Akner. „Where Would the Kardashians Be Without Kris Jenner?“. The New York Times (2015-yil 8-may). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-dekabr.
  16. „Kardashians Ink 200 Million Mega-Deal with E!“. Time (inglizcha). 2015-02-27. Qaraldi: 2023-06-22.
  17. Nordyke. „'Kardashians' earns its keep“. The Hollywood Reporter (2007-yil 13-noyabr). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found