Kontent qismiga oʻtish

Jem

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jem (ing . jam) — shakar qiyomida pishirilgan meva va rezavorlar. J. qiyomi murabbo qiyomidan quyuqligi bilan ajralib turadi. J. pishirish uchun tarkibida kislota va jelesimon koʻrinish hosil qilish uchun yetarli pektini boʻlgan mevalar (olma, olxoʻri, behi va b.) ishlatiladi. Boshqa mevalardan foydalanilganda ularga olma, krijovnik kabi pektin moddasiga boy meva va rezavor mevalar sharbati yoki pyuresi qoʻshiladi. Rezavor mevalar shakarni shimishi uchun pishirishdan avval eziladi. J. uchun tayyorlangan mevalar togʻara yoki qozonga solinib, shakar yoki qiyom qoʻshiladi va koʻpigi oʻrtaga yigʻilib, mevalar shirani yaxshi shimib, quyuqlashib, tiniq boʻlgunga qadar pishiriladi. 1 kg mevaga 800 g shakar solinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil