Gran Canaria stadioni
Stadionning panoramik koʻrinishi | |
Manzili | Las Palmas, Ispaniya |
---|---|
Operator | Cabildo de Gran Canaria |
Sigʻimi | 32,392[1] |
Rekord muxlislar tashrifi |
32,037 (Las Palmas vs Real Madrid, 2024-yil 27-yanvar)[2] |
Maydon oʻlchami | 105 metr (115 yd) x 68 metr (74 yd) |
Konstruksiya | |
Ochilgan | 8-may 2003-yil |
Kengaytirilgan | 2014–2016 |
Arxitektor |
Pedro Medina Guillermo Ortego Carretero |
Ijarachilar | |
UD Las Palmas (2003–hozirgacha) Ispaniya milliy futbol terma jamoasi (tanlangan oʻyinlar) |
Gran Canaria stadioni Ispaniyaning Kanar orollarida joylashgan Las Palmasdagi stadion. Hozirda ushbu stadionda UD Las Palmas jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazib keladi. Stadion 2003-yilda Estadio Insular oʻrinbosari sifatida umumiy foydalanish uchun ochilgan.
Stadion 2030-yilgi FIFA Jahon chempionatining oʻyinlariga mezbonlik qilishi ehtimoli mavjud[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 2003-yil 8-mayda barcha oʻrindiqlarini toʻldirgan UD Las Palmas hamda Anderlext jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinidan keyin foydalanishga topshirilgan. Oʻyin Las Palmasning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Maydondagi ilk golni Rubén Castro kiritgan[4].
32,400 insonni oʻz bagʻriga sigʻdiradigan ushbu stadion Ispaniyadagi eng yirik stadionlar orasida 14-oʻrinni egallaydi va sigʻimi boʻyicha Kanar orollaridagi eng yirik stadion hisoblanadi.
Stadionda 2014-yil 11-noyabrdan boshlanib, 16 oy davom etgan rekonstruksiya ishlari oʻtkazildi. Yangilangandan keyin yugurish yoʻlakchasi olib tashlandi va futbol uchun yangi maxsus maydonga aylantirildi.
Xalqaro oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya terma jamoasi oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Raqib | Hisob | Musoboqa |
---|---|---|---|
18-avgust 2004-yil | Venesuela | 3-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
21-noyabr 2007-yil | Shimoliy Irlandiya | 1-0 | UEFA Euro 2008 saralash oʻyinlari |
18-noyabr 2018-yil | Bosniya va Gersegovina | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gran Canaria Stadium“. UD Las Palmas. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2020-yil.
- ↑ „El Estadio de Gran Canaria bate su récord“ (es). As (2024-yil 27-yanvar).
- ↑ Corrigan, Dermot; Rai, Guillermo „Bernabeu? Camp Nou? Casablanca? The race to host 2030 World Cup final“ (en). The Athletic. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
- ↑ „El nuevo templo de la UD Las Palmas cumplió este martes cuatro años“. eldiario.es. Qaraldi: 2024-yil 13-may.