Kontent qismiga oʻtish

Flish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flish (nem. fl iessen — oqmoq) — dengiz choʻkindi togʻ jinslarining qalin qatlami (seriyasi), qalinligi 1000 m gacha boʻlgan geologik yotqiziq. Asosan, chaqiq jinslardan iborat. Dengizning muayyan chuqur joylarida bir turdagi ohaktosh, qumtosh, gil, mergel kabi choʻkindi jinslarning oʻzaro takrorlanishidan hosil boʻladi. Flish bir qancha kichik (bir necha sm dan bir necha dm gacha) sikllar (siklotema, siklosoma, qavatlar)dan tuziladi. Siklosomalar 2— 4 qavat, yoki elementlardan iborat boʻlib, pastki qismi donador jinslar (qumtosh, alevrolit, chaqiq ohaktoshlar)dan, yuqorisi esa, pelitlardan tarkib topgan boʻladi. Flish uchun shakli ham paydo boʻlishi turlicha giyerogliflar xosdir. Flishning shaklliligi (ritmliligi) choʻkindi hosil boʻlish xususiyati — asosan, loyqali oqimning takrorlanish davrlariga bogʻliq. Flish tipik geosinklinal formatsiya (geogeneratsiya) boʻlib, evgeosinklinal yoki miogeosinklinal orogen oldi rivojlanishiga xos. Flish mikrofaunaga kambagʻal, baʼzan plankton mikroorganizmlar chigʻanoqlari (foraminifera, radiolyariylar)ga boy, yuqori qismida bentos foraminiferalari koʻp. Eng tipik flish geosinklinal rivojlanishning oʻrta bosqichida tarkib topadi. Flish bilan neft va mineral suvlar bogʻliqboʻladi. Flish proterozoy, paleozoy (Ural), mezozoy (Karpat) yotqiziqlarida koʻp uchraydi; Oʻzbekistonda Janubiy Fargʻona (Krrachatir), Boʻkantov atroflarida bor.