Dengiz otchalari
Qiyofa
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Dengiz otchalari, dengiz toychalari — nina baliqlar oilasining bir necha urugʻi. Uzunligi 4—20 sm. Gavdasi shaxmat taxtasidagi otlarga oʻxshash, boshi tanasi tomonga egilgan, dum tomoni buralgan boʻladi. Erkak tur dumining keyingi tomonida chiqarish kamerasi (xaltasi) bor. Urgʻochilari kameralarga tuxum qoʻyadi. Barcha dengizlarda tarqalgan, 30 ga yaqin turi mavjud. Qora dengiz otchalari (Hippocampus guttulatus) Qora va Azov dengizlarida uchraydi. Bahorda tuxum qoʻyadi. Erkagi tuxum xaltasida 100 dan 200 gacha tuxum olib yuradi. Planktonda xayot kechiradi. Suv osti oʻsimliklari orasida yashaydi, atrof muhit rangiga moslanish — niqoblanish xususiyatiga ega.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |