Boʻyoqli roʻyan
Bo‘yoqli ro‘yan | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Ro‘yan |
Oila: | Ro‘yandoshlar |
Boʻyoqli roʻyan (lotincha: Rubia tinctórum) — boʻyi 1,5-2 metrgacha yetuvchi ildizpoyali, koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Roʻyandoshlar oilasiga kiradi.
Turli xil tarixiy nomlari maʼlum: alizarin, koʻkat, brusk, krap, boʻyoqli ildiz, marina, marzana[1].
Tarqalishi va oʻsish sharoitlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyoqli roʻyanning vatani Oʻrta yer dengizi, Onadoʻli, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa. Markaziy osiyoda asosan Navoiy[2] va Samarqand viloyatlarida oʻsadi.
U daryo boʻyidagi butazorlarda, sugʻorish kanallari qirgʻoqlarida, dashtlarda, qaragʻay oʻrmonlarida, tashlandiq bogʻlarda, uzumzorlarda oʻsadi.
Boʻyoqli roʻyan koʻproq issiqlik va namlikni yaxshi koʻradigan oʻsimlikdir. Quruq yillarda yomon rivojlanadi, urugʻ soni sezilarli darajada kamayadi.
Botanika tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ildizi oʻq ildiz tizimli, ildizpoyalar hosil qiladi. Ildizlari va ildizpoyalari qizil-jigarrang qobiq bilan qoplangan.
Barglari qattiq, och yashil rangda, lansetsimon yoki elliptik shaklda, uzunligi 10 sm, kengligi 3 sm.
Gullari mayda, yulduzsimon, sariq rangda. Gulyojibargi 4-5 boʻlakli gulkosachabarglaridan 1,5 barobar uzunchoq.
Mevalari — qora danak meva uzunligi 5-9 mm, ichida 1-2 dona urugʻi bor.
Urugʻlar va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi.
Kimyoviy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyoqli roʻyanning ildizpoyalarida organik kislotalar (olma, vino, limon), triterpenoidlar, antrakinonlar, iridoidlar, shakar, oqsillar, askorbin kislotasi va pektin moddalari mavjud.
Gullar tarkibida flavonoidlar giperozid va rutin mavjud.
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roʻyan eng avvalo qizil boʻyoq olish uchun yetishtiriladi[3].
Boʻyoq olish uchun ikki yillik oʻsimliklarning ildizlari ishlatiladi[4].
Boʻlim | 1840 | 1862—yil |
Vaukluza | 9515 | 13 503 |
Bouches du Rhone | 4143 | 3735 |
Reyn pasti | 727 | 273 |
Drom | 164 | 1104 |
Herault | - | 204 |
Fransiyada jami | 14 676 | 20 468 |
Rossiyadabu oʻsimlikni qachondan boshlab koʻpaytira boshlashganini aniq emas. Maʼlumki, 1745—yilda Mixail Lomonosov Fanlar akademiyasining boshqa professorlari (Gmelin va Sigezbek) bilan birgalikda Kizlyardan joʻnatilgan oʻt namunalarini oʻrgangan. 1759—yilda Lomonosovning tajribalari tufayli Rossiyada roʻyan boʻyogʻini sanoat miqyosida ishlab chiqarish boshlandi. 1787- yilda hukumat Onadoʻliga roʻyan urugʻi uchun buyurtma berdi.
1871—yilda sunʼiy alizarin boʻyoqlarining topilishi roʻyan savdosiga zarar yetkazdi. XiX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya imperiyasida faqat Boku, Derbent va Samarqand yaqinida ekilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Анненков 1878.
- ↑ Navoiy viloyati: Oʻlkashunoslik atlasi, 2016—yil — 24-bet.
- ↑ Madder, WebMD.
- ↑ Desrosiers, Sophie; Rast-Eicher, Antoinette (September 2012). "Luxurious Merovingian Textiles Excavated from Burials in the Saint Denis Basilica, France in the 6th-7th Century". Textiles and Politics: Textile Society of America 13th Biennial Symposium Proceedings: 3. http://digitalcommons.unl.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1674&context=tsaconf.