Bering oroli
Qiyofa
Bering oroli — Bering dengizining Komandor orollari guruhidagi orol (RF). Maydoni 1,7 ming km². Janubi sharqiy qismi togʻli (eng baland qismi 751 m), paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, tundra oʻsimliklari, soyliklarda lakana kayin, tol, chetan (ryabina) oʻsadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi — ruslar va aleutlar. V. Bering nomi bilan atalgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |