2005
Qiyofa
2005-yil – „Sihat-salomatlik yili“ Xitoy taqvimida esa xoʻroz yili hisoblanadi.
Ming yilliklar: | 3-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 17-20-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
- 25-yanvar – „Sihat-salomatlik yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- Mart – Toshkent viloyatida „Bursel-Toshkent tekstil“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
- 12-13-may – Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
- May – „Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgon“ temir yoʻl magistralining ikkinchi bosqichi – „Qumqoʻrgʻon—Boysun“ yoʻnalishi ishga tushirildi.
- May – Chirchiq shahrida „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
- 29-iyul – 1- va 2-Toshkent tibbiot akademiyasi negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
- 1-avgust – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
- 30-avgust – Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi.
- Avgust – Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida „Il“ning yangi avlodi – „Ilyushin Il—76 TD90 VD“ samolyoti chiqarila boshlandi.
- 1-sentyabr – Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
- 5-sentyabr – Toshkent – Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi.
- 9-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida „Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida“gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
- 11-12-sentyabr – Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- 5-6-noyabr – Toshkentning „Oʻzbekiston“ sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi – „Sharq goʻzali—2005“ xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
- 9-noyabr – „Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- 14-noyabr – Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
- 26-27-noyabr – Toshkent shahridagi „Oʻzbekiston“ sport majmuasida kurash boʻyicha 5-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
- 29-noyabr – Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi boʻlib oʻtdi.
- Noyabr – Moʻynoq tumanida yangi „Sharqiy Berdaq“ gaz koni ochildi.
- Noyabr – Fargʻona shahri aeroportidan „Fargʻona – Moskva – Fargʻona“ yoʻnalishi boʻyicha samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
- Noyabr – Toshkent shahrida „Yugnakiy“ yoshlar sport majmuasi ochildi.
- 28-dekabr – Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- mart – Qirg'izistonda „lola inkilobi“. Prezident Asqar Akaev isteʼfoga chikdi. Keyinchalik Qurmanbek Bakiev Qirg'iz Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- may – Eronda saylov boʻlib, unda Maxmud Ahmadiy Najot prezident etib saylandi.
- 29-sentyabr – Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi.
- 6-7-oktyabr – Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti – MOHT Evroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati xalqaro tashkilotiga Sankt-Peterburgdagi yigʻilishda qoʻshildi.
- noyabr – GFR tarixida birinchi ayol kishi Angela Markel kansler etib saylandi.
- 4-dekabr – Nursulton Nazarboev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti etib qayta saylandi.
- Evo Morales Boliviyada boʻlgan prezident saylovlarida gʻolib chiqdi.
- Daniel Ortega Nikaraguada boʻlgan prezident saylovlarida gʻolib boʻldi.
Tugʻilganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:2005-yilda tugʻilganlar
Vafot etganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:2005-yilda vafot etganlar
Nobel mukofoti laureatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fizika – Roy J. Glauber, John L. Hall va Theodor W. Hänsch
- Kimyo – Robert Grubbs, Richard Schrock va Yves Chauvin
- Fiziologiya va tibbiyot – Robin Warren va Barry Marshall
- Iqtisodiyot – Robert Aumann va Thomas Schelling
- Adabiyot – Harold Pinter
- Tinchlik – Mohamed El Baradei
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |