Kontent qismiga oʻtish

yengil

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

yen-gil

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

YEŊIL ’vazni kam’, 'vazmin emas’. Yuki ye n g i l eshak yotagon boʻladi (Maqol). Bu sifat qadimgi turkiy tildagi ’vazni kam boʻl-’ maʼnosini anglatgan yeŋi-feʼlidan -l qoʻshimchasi bilan yasalgan: yeŋi- + l = yeŋil (ЭСТЯ, IV, 189); yeŋi- feʼli esa ’vazni kam holat’ maʼnosini anglatgan yeŋ soʻzidan -i qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, IV, 184): yeŋ + i = yeŋi-
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ogʻirligi, vazni kam, vazmin emas. ◆ Yengil yuk. Yengil tosh. Yuki yengil eshak yotagʻon boʻladi. Maqol . ■■ ◆ Mansurov qoʻzini yengil deb oʻylab, boʻshroq olgan edi, juda ogʻir ekan, qoʻlini egib, tushib ketishiga sal qol-di. P. Qodirov, „Qora koʻzlar“ .

2 Qalin va issiq boʻlmagan, yalang qavat; yupqa, yupun. ◆ Nuri yupqa, yengil roʻmol uchidagi tugunchakni yeshib, buklangan qogʻoz chiqardi-da.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Mezbonlar yengil kiyimda, baland ayvonning bahavo yeriga qoʻyilgan stolning ikki yogʻida xomush oʻtiri-sharedi. A. Qahhor, „Mirzo“ .

3 Kuchi, taʼsiri ortiq boʻlmagan; kuchsiz. ◆ Havo anchayin salqin edi.. Yengil shamol esardi. Oʻ. Umarbekov, „Yoz yomgʻiri“ . ◆ Avazning dimogʻiga yengil sharob hidi urildi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

4 koʻchma Asta va muloyim, yoqimli. ◆ Yengil tabassum. m ◆ Kiyim yechadigan joyda turib.. bir yigit bilan yengilgina salomlashdi. Mirmuhsin, „Umid“ . ◆ Yigirma minut qadar vaqt oʻtgandan keyin, yengil taʼzim bilan Gulandom kirib keldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

5 Katta kuch-mehnat talab qilmaydigan; ogʻir, qiyin emas. ◆ Yengil vazifa. sht Bizga sizday bir odam kerak. Biznikida ish ming marta yengil. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Chindan, adam borida oyimga yengil edi.. ish-xonasiga borib kelishni bilardi, xolos. H. Nazir, „Yonar daryo“ .

6 U qadar jiddiy, xavfli boʻlmagan, ogʻir emas. ◆ Hozir ahvoli ancha yengil. n ◆ Men janglarda uch marta yengil va ikki marta ogʻir yarador boʻldim. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“ . ◆ Tepki kasalligida.. nervsistema-sida ham har xil oʻzgarish boʻlib, yengil oʻta-digan meningit ham boʻlishi mumkin. "Saodat" .

7 Ruhan erkin, tetik holatli, yoqimli his-tuygʻuli. ◆ Baʼzan kishi bir-biri bilan gaplashib, koʻnglidagini boʻshatib tursa, oʻzini yengil sezadi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Oʻrtadagi noqulaylik, xijolatpazlik yoʻqoldi, tabiiy va yengil muhit paydo boʻldi. F. Musajonov, „Himmat“ .

8 Jiddiy, rasmona boʻlmagan, yengil-yelpi (fikr, mulohaza va shu kabilar haqida). ◆ Bazi yengil mulohazalaring onangnikidan qolish-maydi, Otabek! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Men bir xizmatkorlaring boʻlsam.. Siz juda yengil oʻylaysiz. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

9 Yuzaki fikr yuritadigan, oʻz ishi, gap-soʻziga jiddiy eʼtibor bilan qaramaydigan; oyogʻi qingʻir. ◆ Oʻzingga munosib gapni gapir! Yengil boʻlma!A. Qahhor, „Mayiz yemagan xotin“ . ◆ ..hovliqma, laqma, yengil Lutfiniso bunga chindan ishonar.. kim koʻrinsa, shunga koʻz yoshi qilar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Yengil atletika q. atletika. Yengil koʻch-moq Qiyinchiliksiz amalga oshmoq, qiy-nalmay, osonlik bilan boʻlmoq. ◆ Bahor yuki yengil koʻchishi uchun qish faslida zamin yara-tiladi. Gazetadan . ◆ Ishning yengil koʻchishiga sevingan ona., oʻgʻlini Margʻilon ketmakka qistay boshladi. Yengil mashina q. mashina. Yengil oyoq Yomon (nosharʼiy) yoʻllarga yura-digan, suyugʻoyoq. .. ◆ mening qizim unaqa yengil oyoqlardan emas, uning aqli-hushi joyida. N. Fotih, „Tursunoy“ . Yengil sanoat q. sanoat. Yengil taom Yaxshi, tez hazm boʻladigan taom. Ilgarigi vaqtlarda parhez taosharni "engil" yoki "ogʻir" ovqatlar deb, ikki guruhga boʻlib, kasallarga buyurilar edi. N. Ismoi-lov, Kasallarni parvarish qilish. Yengil tortmoq 1) ruhan yengillashmoq, tetik-lashmoq. -Bu fikr chakki emas, — ◆ dedi bir oz yengil tortib. "Mushtum" . Qudrat oʻsha yoqqa qaradi-yu, hokimning yoʻqligini koʻrib, picha yengsh! tortdi. M. Ismoiliy Fargʻona t.o.; 2) kasali tuzala boshlamoq, kasaldan oʻzini yaxshi his qilmoq. ◆ Ertaga oʻrnimdan turib ketadiganga oʻxshayman, hozir ham ancha yengil tortdim. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . Tuprogʻi yengil Biror joy, ish-vazifadan koʻchishi, oʻtishi oson boʻladigan, oson koʻchadigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi. ◆ -Toʻgʻri, kolxoz raisi, ayniqsa, raisasining tuprogʻi yengil boʻladi, — dedi Komila jiddiy tuye bilan. Oybek, „O“ .v.shabadalar. Tuprogʻing yengil boʻlsin Dafn marosimida qabr ustida aytiladigan ibora. ◆ Layloning qabri gulchambarlarga toʻlib ketdi. Tuprogʻing yengil boʻlsin, sevgilim! Bir qisim tuproq olib, uning qabriga sochaman. M. Qoriyev, „Oydin kechalar“ . Qoʻli yengil Biror ish-amalida tez kushoyish topiladigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi. ◆ -Doktorning qoʻli juda yengil ekan, deyishadi bemorlar. S. Nurov, Durdona. ◆ Baxtingiz bor ekanki, menday qoʻli yengil, dami oʻtkir romchiga yoʻliqdingiz. K. Yashin, „Hamza“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ogʻir

ЕНГИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

yengil
1
прям. и перен. лёгкий; // легко; ◆ yengilyuk лёгкая ноша; ◆ men undan besh kilogramm yengilman я на пять килограммов легче его; ◆ yengil avtomobil легковой автомобиль; ◆ yengil artilleriya лёгкая артиллерия; ◆ yengil atletika лёгкая атлетика; ◆ yengil vaznli kurashchi спорт. борец лёгкого веса; ◆ yengil ish лёгкая работа;◆ yengil sanoat лёгкая промышленность; ◆ yengil shabada лёгкий (слабый) ветерок; ◆ ruhi yengil он в бодром настроении; ◆ qoʻlim yengil у меня лёгкая рука; ◆ bu menga yengil koʻchdi это мне удалось легко; ◆ yengil tortmoq 1) недовешивать; 2) становиться лёгким, терять в весе; 3) почувствовать облегчение (избавившись от чего-л. тяжелого, от забот, хлопот и т. п.); 4) идти на поправку, улучшаться (о состоянии больного); ◆ yengil oʻylamoq относиться (к чему-л.) легко, легкомысленно, поверхностно; ◆ yengil qutulmoq легко отделаться; ◆ oʻzini yengil his qilmoq хорошо себя чувствовать; почувствовать облегчение;
2 легкомысленный; неуравновешенный, невыдержанный; ◆ yengil oyoq 1) легкомысленный; 2) женщина лёгкого поведения, распутница;
3 легко усвояемый, удобоваримый, лёгкий; ◆ yengil ovqat удобоваримая пища; лёгкое питание;
4 лёгкий, тонкий, не тёплый (об одежде, одеяле и т. п.); ◆ yengil palto лёгкое (нетёплое) пальто; ◆ 

  • tuprogʻiyengil odam человек, о котором много говорят; ◆ ogʻirini yengil qilmoq избавить (кого-л. от чего-л.) трудного, облегчить труд кому-л.