Kontent qismiga oʻtish

qizil

Vikilugʻatdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]
qizil
Vikipediya
Vikipediya
Vikipediyada qizil haqida maʼlumotlar bor:


Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qi-zil

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QIZIL 'qon rangidagi', 'alvon'. Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh q i z i l chillaki .. bor edi (Oybek). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat asli 'qizil tus ol—' maʼnosini anglatgan qïz— feʼlidan (ДС, 450) — (ï)l qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ï unlilarining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qïz- + ïl = qïzïl > qizil.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Qon rangidagi; qirmizi, alvon. ◆ Qizil muqovali kitob. Qizil koʻylak.

Qizil qalam. Qizil olma. ◆ Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh qush choʻqigan qandaydir oq uzum bor edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Qizil ari ayn. qovogʻari. Qizil gul 1) qizil rangda ochiladigan har qanday gul;

2) atirgulning qizil ochiladigan alohida bir turi. ◆ Yoz gulshani qizil gul, Xalqim qilur namoyish. S. Abdulla; 3) shunday gullar ochilgan paytda oʻtkaziladigan xalq sayili . Qizil kitob Yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. ◆ Xalqaro qizil kitob. Oʻzbekiston kizil kitobi. Qizil lavlagi ayn. qizilcha 1.

2 ot Yuzning, badanning shu tusga moyil rangi; qizillik. ◆ Uning yuzidagi qizilga yana qizil qoʻshildi. Oydin, „Oʻzidan koʻrsin“ . ◆ Shirinzabonovning yuziga qizil yugurdi. Mushtum .

3 koʻchma s.t. Vino. Siz har vaqt Jamolboy akam bilan choʻqishtirasiz, bizga joʻra boʻling, kizil iching! Oybek, Tanlangan asarlar.

4 koʻchma esk. Oktyabr inqilobi, shoʻro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan soʻz sifatida qoʻllangan. ◆ Qizil armiya. Qizil shark■ Qizil askar. Qizil toʻy. Qizil matbuot. Qizil choyxona. Qizil karvon. Qizil gvardiya.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚИЗИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

qizil

Tillarda

[tahrirlash]

qizil
1 красный; румяный; ◆ qizil galstuk красный галстук; ◆ qizil yuz 1) красное (румяное) лицо; 2) краснощёкий; ◆ qizil tuproq краснозём;
2 перен. ист. красный (революционный); ◆ qizil askar красная Армия; // красноармеец; ◆ qizil sharq красный восток; ◆ Boʻronbek bilan Komil Chirchiqdan oʻtayotganda qizillar toʻsigʻiga uchrashibdi (Ѓ. Ѓулом, „Машъал“) При переходе Чирчика Буранбек и Камиль встретили заслон красных;
3 входит в состав названий некоторых растений и животных; ◆ qizil italgʻi зоол. балабан тибетский; ◆ qizil gʻoz зоол. фламинго; ◆ 

  • qizil soʻz (odam) краснобай; ◆ qizil soʻzlik краснобайство; ◆ qizil qon (odam) разг. горячий, вспыльчивый (человек).


Shuningdek qarang

[tahrirlash]
Ranglar Belgilangan va · ranglar (layout · text)
     qizil      jigarrang      sariq      yashil      churrok      koʻk      nil boʻyogʻi
     pushti      olov rang      krem rang      ohak      shisha kindigi      lojuvard      binafsha
     manaksha      magenta      qora      kulrang      oq