qavat
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qa-vat
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Qat-qat narsalarning har bir qati, qatlami va ularning orasi. ◆ Udoʻppini taxlab, koʻrpaning qavatiga qoʻydi. yat Qa-vat-qavat marmarni koʻrganmisan? Goʻshti oʻshanday bir qavat yogʻ, bir qavat goʻsht boʻ-ladi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . ◆ Sakkiz qavat koʻrpada oyogʻini uzatib yotgan keksalarning bel bogʻlab, dalaga chiqishi boshqalarga oʻr-nak. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Axir u [Mayna] ignaning teshigidan yetti qavat osmonni koʻradigan mergan. Elu yurt orasida uning taʼrifi zoʻr. Sh. Toshmatov, „Erk qushi“ .
2 Xonalari ustma-ust solingan bino-larning bir balandlikdagi xonalardan iborat qismi, qatori. ◆ Binoning beshinchi qavati. Ostki qavatda yashamoq. yat Ba-shirjon qavat navbatchiyeidan kalitni olib, oʻz nomeriga kirdi. N. Aminov, „Qahqaha“ .
3 Ustma-ust joylashgan tokcha, polka va shu kabilarning har bir pogʻonasi. Munisxon ja-voshgardan birini ochib, uning yuqorigi qa-vatidan bir toʻp surat oldi. A. Qahhor, Sarob.
4 s. t. Yon, qator, saf. Otamiz bizni qa-vatlariga olib, dehqonchilik qildilar. N. Safarov, Olovli izlar. ◆ Mana, yigitlardan soʻra, dashtda dengiz yaratayotganlar shular. Oʻgʻling ham shular qavatida. H. Nazir, „Suv gadosi — oqpadar“ .. ◆ Oʻn uchga kirgan akam Solijon onam qavatlariga kirib qoldi. Gazetadan .
5 Ip va shu kabilarga tizilgan narsalarning har bir tizimi; shoda. ◆ Marjon shodasining uch-toʻrt qavati uzilib ketgan, oʻsha uzuq shodalardan marvarid donalari xuddi koʻz yoshiday yerga tomib turardi. K. Yashin, „Hamza“ .
6 kam qoʻll. Marta, karra. ◆ [Xolisxon:\ Hammasi esimdan chiqib, ming qavat tagʻin gʻayratlandim. Hamza, „Paranji sirlari“ .
7 Sidra. ◆ Shohim bir-ikki qavat eski koʻylak-ishtondan boshqa narsasi boʻlmagan boʻqchani ustiga kerosin toʻkib yondirmoqda edi. S. Ayniy, „Qullar“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚАВАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
qavat
1 слой, пласт; ◆ tashqi qavat наружный слой; ◆ yillik qavat бот. годичный слой (на срезе дерева); ◆ qor qavati пласт снега; ◆ pak-pakana boʻyi bor, yetti qavat toʻni bor загадка ростом низенький, а на нём семь халатов (луковица); соотв. семьдесят одёжек, и все без застёжек; ◆ uch qavat ip нитки, сложенные втрое; ◆ arqonni ikki qavat qilib сложив верёвку вдвое;
2 этаж; ◆ binoning ikkinchi qavati второй этаж здания;
3 ряд; ярус;
4 разг. ряд, ряды; ◆ oʻz qavatiga olib, ishga oʻrgatmoq приняв, к себе (в свои ряды) обучать делу.