Kontent qismiga oʻtish

goʻzal

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

goʻ-zal

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

GOʻZAL "xushroʻy","husndor". Gulsum uning xayolida bu yerdagi goʻzallarning g oʻ z a l i boʻlib tura berdi (Parda Tursun). Bu sifat asli qadimgi turkiy tildagi 'nazar sol-’ maʼnosini anglatgan kös- feʼlidan -(ä)l qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, III, 63); keyinchalik soʻz boshlanishidagi k undoshi g undoshiga, unlilar oraligʻidagi s undoshi z undoshiga almashgan; oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: kös- + äl = kösyol > gösäl > gözäl > gozäl. Bu sifat asli ’oʻziga eʼtiborni tortadigan’ maʼnosini anglatgan boʻlib, 'xushroʻy’ maʼnosi shu maʼno asosida oʻsib chiqqan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Juda ham chiroyli, husndor, xushroʻy. ◆ Goʻzal qiz. ◆ Gulsum uning, Elmurodning xayolida bu yerdagi goʻzallarning goʻzali boʻlib tura berdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Oʻttiz besh yoishrda koʻringan bu goʻzal xotin haram xodimalaridan Gulshanbonu edi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .

2 Kishi koʻzini quvontiradigan, kishini maftun etadigan, zavqlantiradigan. ◆ Goʻzal tabiat bagʻrida dam olmoq. Goʻzal xulqli inson.

3 Zavq-shavqqa boy, serzavq, unutilmas (davr, vaqt haqida). ◆ Uqorli, sovuq kun Yoʻlchi uchun umrining eng mazmunli, eng rangli, eng goʻzal kuni edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

4 Goʻzal (xotin-qizlar ismi).

Goʻzal adabiyot esk. Badiiy adabiyot. Goʻzal sanʼat esk. Badiiy sanʼat.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ГЎЗАЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

goʻzal

goʻzal
книжн.
1 красивый, прекарсный, прелестный; // красиво, прекрасно, прелестно; ◆ ~ qiz красивая девушка; ◆ ~ manzara красивый вид, живописный пейзаж; ◆ ~ adabiyot ист. художественная литература; ◆ ~ sanʼat уст. изящной искусство; ◆ qanday ~ как красиво!; ◆ ~larning ~i красавица из красавиц;
2 Гюзаль (имя собств. женское).