Kontent qismiga oʻtish

daftar

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

daf-tar

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

ya. jHa < yun. diftera — qogʻoz oʻrami

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Kitobcha shaklida tikilgan, muqo-valangan va xat yozish yoki rayem chizish uchun moʻljallangan toza qogʻoz varakdari. ◆ Bir chiziqli daftar. Katak daftar. Rasm daf-tari. n ◆ Bolalarnikiday kulimsiragan juda jonli va qandaydir bahayo qop-qora koʻzlar daftarlar ustida oʻychan yuguradi. Oybek, „Nur qidirib“ . ◆ Sherali hozirgina eshitgan gaplarini apil-tapil daftariga yozgach, minbarga qarab qoldi. S. Karomatov, „Oltin qum“ . O tam mening opii yigit, Daf-tari gul xatli yigit. "Boychechak".

Veksel daftari Qarzdorlarning qarz-lari va uni toʻlash muddatlari qayd eti-ladigan hujjat. ◆ Shunisi ham borki, veksel daftarim qayerdaligi esimda yoʻq. K. Yashin, „Hamza“ . Kundalik daftar Oʻquvchining dars-larga qatnashishi, oʻzlashtirishiga oid maʼ-lumotlar qayd etiluvchi daftar. ◆ ..yuvgan kirlarini dazmol qildi, bolalarining dars-larini tekshirdi, kundalik daftarlarini koʻrdi. S. Zunnunova, „Olov“ . Nota daftari Musiqa notalari qayd etilgan yoki eti-ladigan daftar. ◆ Simlarga qoʻngan qushlar nota daftaridagi nuqtalar-u, shamol ularga qarab, kuyni chalayotgandek edi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ . Uy daftari Bir xonadon, oilada istiqomat qiluvchilarning muayyan hududda, manzilda roʻyxatga olin-ganligi qayd etiluvchi rasmiy daftar. Xotira (yoki kundalik) daftari Shaxsning oʻz kundalik hayoti davomida koʻrgan-kechir-ganlarini yozib borgan yoki yozib boradigan daftari. Maxzum domlaning xotira daf-tarining birinchi qismi shu bilan tamom boʻldi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy. Shikoyat daftari Savdo-sotiq tarmokdari va boshqa tashkilotlarda mijozlar, fuqa-rolar uz shikoyat va takliflarini qayd etishi uchun joriy qilingan daftar. ◆ Shikoyat daftarini talab qilsa, "toʻrt ellik qogʻozga dardingizni yozing, kimga desangiz, eltib beraman", dedi. "Mushtum" . Hisob daftari Shaxslarning ism, familiyalari va ularga, ularning ish-faoliyatiga oid maʼlumotlar qayd etiluvchi daftar. ◆ Talʼat uni koʻrib qoldi shekilli, hisob daftarini paxta ustiga tashlab, chopib tushdi. U. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

2 Biror kimsa yoki narsa haqidagi sar-guzasht hikoya. ◆ Uning daftari uzun. Daftar qilmoq.

3 koʻchma Borliq, oʻzlik. ◆ Har yonda goʻzallik yoymish daftarin. A. Oripov, „Yurtim shamoli“ .

Dunyo daftari Tarix sahifasi. ◆ Shu buyuk oʻgʻlingni ardoqlab dildan, Xshqim, taʼzim etsang arzigay tamom. Uning nomi bshgan birga bitilgan Dunyo daftariga oʻzbek degan nom. A. Oripov, „Yillar armoni“ . Kungil daftari Dildagi armonlar, dard-hasratlar. Xatdir koʻngi',1◆  daftari, xatdir sevgi kaptari.. Yo. Mirzo, „Oʻgʻil mehri“ . ◆ Koʻngil daftarining oltin betiga Bebaho, nashʼali chechak taq-dingiz. Gʻayratiy . Temir daftar q. temir. Umr (yoki hayot) daftari Umr onlari, tarjimai qol; xotiralar. ◆ Melixon ona umr daftarini varaqladi. Gazetadan . ◆ Bshkin:hayot daftariga u Oʻchmas qilib mangu bitilgan. Shu\rat, „Yoshligimning davomi“ . (Hasrat) daftari ochildi Hasrati boshlandi. ◆ Shu bahona bilan uning daftari ochilib ketdi. H. Nazir, „Uzr, otaxon“ . ◆ Notanish juvonning rangi oqarib, hasrat daftari ochshshbketdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ -Daftarimni ochib nima qilasiz? — dedi yengil xoʻrsinib Gulandom. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ДАФТАР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

daftar (koʻplik daftarlar)

Tillarda

[tahrirlash]

OʻTIL

daftar
1 тетрадь; ◆ mashq ~i тетрадь для упражнений; ◆ rasm ~ тетрадь для рисования; ◆ hisob ~ тетрадь в клетку; ◆ bir chiziqli ~ тетрадь в линейку; ◆ uch chiziqli ~ тетрадь в косую линейку;
2 книга, книжка, книжечка (для каких-л. записей); ◆ xotira ~i , ◆ esdalik ~i памятная книжка; ◆ kundalik ~ дневник; ◆ shikoyat ~i книга жалоб; ◆ keldi-ketdi ~i книга прихода и ухода; ◆ uy ~i домовая книга;
3 перен. история, похождения.