Kontent qismiga oʻtish

baland

Vikilug‘atdan olingan

Ozarbayjoncha (az)

Ot

baland

Qoraqalpoqcha (kar)

Pak qiz

Ot

baland

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ba-land

Aytilishi

Etimologiyasi

f. l', I. — yuqori

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Pastdan yuqoriga tomon oʻlchami uzun; qadsi, boʻyi uzun; novcha.◆  Bsshnd minora. Baland devor. Baland tom. Boʻyi baland. Baland togʻ. n Ikki yogʻi baland togʻ — piyoda yursa, oyogʻi kuyadi. "Nurali".◆  Mashina bir baland tepa-ning orqasiga oʻtib toʻxtadi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar.

2 Yer yuzasidan yoki boshqa biror sathdan, nuqtadan yuqorida joylashgan.◆  Baland ostona. Baland tokcha. Toshkent dengiz sathidan 480 metr baland, tsh Hovuzdan yigirma qadamcha narida yerdan odam boʻyi baland koʻtarib solingan kattagina shiypon. Oybek, Tanlangan asarlar.

3 Kuch darajasi belgilangan meʼyordan ortiq, kuchli; yuqori.◆  Baland bosim. Baland harorat. Baland ovoz. n Isitmasi baland, bosinqirayapti. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Yangasi ovozini baland koʻtarib shangʻilladi. M. Hazratqulov, Jurʼat.◆  Xotin ovozini baland chiqazishga qoʻni-qoʻshnidan andisha qilardi. S. Ahmad, Ufq.◆  Kulgi balandroq koʻtar&1di. A. Muxtor, Opa-singillar.

4 koʻchma Baʼzi belgi, xususiyatlarning ortiq, yuqori darajadaligini ifodalaydi. ◆ Qishloq qizining gʻururi baland boʻladi. "Yoshlik".◆  Mehnatdir tuproqdan bizni koʻtarib, Aziz boshimizni qilolgan baland. F. Gʻulom. B&shnd martabali mehmon yonboshlab sigara chekar, boshqalar kamtarlik bilan choʻkka tushib oʻtirardi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.

5 Yer sathiga nisbatan yuqorida joylashgan nuqta; tepalik.◆  Arslon aka kranlar gurillagan balanddan tushib, atrofga qa-radi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar.◆  Bu soʻzni eshitib oyim Margʻumon, Zina bilan tushib keldi balanddan. "Nurali".◆  Parisan, uchar-san, albatta koʻkka, Qirq gazdan yuqori balandga uchma. "Gulshanbogʻ".◆  Balandda, yul-duzli koʻkda, qayoqqadir samolyotlar uchib oʻtdi. Oybek, Quyosh qoraymas.

6 koʻchma Qadr-qimmatli, eʼzozli, yuqori.◆  Otaoʻgʻli boʻlsang, ota nomin baland tut. Maqol. n Mijgʻov va past, gʻiybat gaplardan Jajji sheʼrim qoʻyurman bashnd. A. Oripov.

7 koʻchma Unumli, samarali; moʻl, kup. ◆ Agar suv olib kelinsa, ming yillardan beri chorva qiylari qatlam-qapishm boʻlib ketgan bu joyda paxtadan eng baland hosil olsa boʻladi. S. Ahmad, Jimjitlik.

Baland kelmoq 1) ustun kelmoq, gʻolib chiqmoq.◆  -Ogʻzingizga qarabgapiring, gʻiybat qilib nima qildik? — Obidov baland kel-moqchi boʻlib boʻynini choʻzdi. S. Zunnunova, Olov.◆  Er baland keldi, choynakni chil-chil sindirdi. Gazetadan; 2) bir-biridan oshib tushmoq, bir-biridan oʻzmoq, past kelmas-lik.◆  Hay-hay.. bolalarim, bittang baland kelganda, bittang past boʻlsang-ku, olam guliston. I. Ahmedov, O. Tolipov, Kim ayb-dor? Baland oxurdan suv ichgan q. oxur. Balanddan kelmoq 1) oʻzini katta olib ga-pirmoq, katta ketmoq; 2) katta, yuqori narx qoʻymoq, meʼyoridan oshirib yubormoq. ◆ Buncha balanddan kelmang, past tushing. Sotasizmi axir, olaylik (Savdolashishda). Dimogʻi {yoki tumshugʻi) baland q. dimogʻ. Kibr-havosi baland Juda ham oʻziga ishongan, takabbur. Qoʻli baland 1) omadli, ishi yirik, omadi kelgan.◆  Bu yil moʻl hosil olsak, qoʻlimiz baland boʻlishini unutmang, azizim. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli; 2) gʻolib kelgan, ustun chiqqan.◆  Ammo sugʻdiy-larning qoʻli baland kelib turgan bir payt-da gʻanim tomon Maroqanddan bir tuman miqdorida qoʻshimcha madad oldim. "OʻzME".

Sinonimlari

Antonimlari

БАЛАНД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

baland (koʻplik balandlar)

OʻTIL

baland
1
высокий, возвышенный; // высоко; // вышина; высота, возвышенность; высокое место; ◆ ~da на высоком месте; ◆ ~dan turib с высоты; ◆ ~ minora высокий минарет;◆ ~ boʻyli odam человек высокого роста; ◆ ~ yer возвышенное место, возвышенность; ◆ ~ koʻtarmoq поднимать высоко; возвышать; ◆ ~ koʻtarilmoq подниматься высоко; вздыматься, взвиваться; ◆ samolyot juda ~ koʻtarildi самолёт поднялся на большую высоту (очень высоко); ◆ ~-pastlik неровная, пересечённая местность;
2 высокий, большой, сильный; // высоко; bemorning isitmasi (или issigʻi, temperaturasi)◆ ~ у больного сильный жар, высокая температура; ◆ temperatura juda ~ koʻtarildi температура очень повысилась; ◆ ~ narxlar высокие цены; ◆ u narxini ~ soʻrayapti он дорого просит; он заломил высокую цену;
3 перен. высокий; ◆ ~ martabali odam высокопоставленное лицо; ◆ martabangiz ~ boʻlsin! (букв. да будет высоким ваш чин!) желаю вам успехов по службе; ◆ ~ ruh bilan воодушевлённо, с воодушевлением, в приподнятом настроении;
4 высокий, громкий; // высоко, громко; ◆ ~ ovoz высокий голос; ◆ ~ ovoz bilan громким голосом, во весь голос; ◆ ovozni ~ qoʻyib громко, во весь голос; * uning qoʻli (или dasti) ◆ ~ 1) ему везёт; 2) инициатива в его руках; он побеждает, выигрывает; ◆ ~ kelmoq 1) преодолевать; побеждать, брать верх; 2) стараться переспорить, перекричать, не сдаваться; ◆ ~dan kelmoq дорого запросить; заломить высокую цену; ◆ kayfi ~ boʻlmoq быть сильно пьяным; ◆ tumshugʻi ~ koʻtarildi разг. он задрал нос, он заважничал.