Kontent qismiga oʻtish

Zinjantrop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zinjantrop (Zinj Sharqiy Afrikaning qad. arabcha nomi va yun. anthropus — odam) — avstralopiteklarga mansub qad. qazilma odamsimon maymun. 3. bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959-yil Oldovay darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga koʻra dastlab Homo urugʻiga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablagʻ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin Z.ning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini koʻrsatdi, shuning uchun uni Boysi jan. odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Z.ning bosh skeleti boʻylab pushtacha oʻtgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga bir oz oʻxshash, kurak va qoziq tishlari nisbatan mayda boʻlgan. Dagʻal oʻsimlik bilan oziqlangan. 3. bundan 2 mln. yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil