Kontent qismiga oʻtish

Zilkale - Zilqal’a

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zilkale (turkcha: Zilkale) — Pont togʻlaridagi Firtina vodiysida barpo qilingan qal’a. Oʻrta asrlarda qurilgan. Rize (Turkiya) viloyatidagi eng mashhur tarixiy obidalardan biri[1].

Qal’a dengiz sathidan 750 metr balandlikda, togʻ qoyasida tiklangan. Qal’aning tepasidan Firtina vodiysi va uning atrofiga chiroyli manzara ochiladi.

Qal’a XIV va XV asrlarda qurilgan. Qal’aning tuzilishi tashqi va oʻrta devorlardan, qal’aning oʻzidan iborat. Unda garnizon mavzelari, bosh minora va ibodatxona ham bor. Entoni Brier soʻzlariga koʻra, bu Trebizond imperiyasi tomonidan Hamshenlar uchun qurilgan arman ibodatxonasidir[2].

  1. Özhan Öztürk. Karadeniz. Istanbul. 2005 pp. 1209-10
  2. Bryer, Anthony. Byzantine Monuments and Topography of the Pontos, Dumbarton Oaks Centre Studies. Dumbarton Oaks Research Library and Collection, 1985 — 348-bet. ISBN 978-1597403177.