Kontent qismiga oʻtish

Yuta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuta
Utah
Shtat
Yuta bayrogʻi Yuta tamgʻasi
Yuta bayrogʻi Yuta tamgʻasi

Shtat laqabi: Asalari qutisi shtati
(Beehive State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Salt Lake City
Eng yirik shaharlar Salt Lake City
West Valley City
Provo
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 13-oʻrinda

219,887 km²
3.25 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 34-oʻrinda

2,469,585
10.5 kishi/km²
3
5

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 33-oʻrinda

$82,611 million
$34,127

Ittifoqqa kirish

   • Sana

45-boʻlib

4 yanvar 1896

Vaqt UTC-7 (MST) / -5 (EST)
Qisqartma UT [49]
Shtat guli Sego lily

(Calochortus gunnisonii)

Shtat daraxti Blue Spruce

(Picea pungens)

YutaAQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri. AQSh ittifogʻiga 4-yanvar 1896-yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha harorati -2° dan -4° gacha, iyulniki 17-20°. Yillik yogʻin 250-400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va qishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil