Kontent qismiga oʻtish

Xarkov

Koordinatalari: 49°59′33″N 36°13′52″E / 49.99250°N 36.23111°E / 49.99250; 36.23111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xarkov

ukraincha: Ха́рків
Харьков-Пассажирский
Успенский собор
[[File:|Памятник Тарасу Шевченко|134px]]
Горсовет Харькова
Харьковский национальный университет
Xarkov
Bayroq
Xarkov
Gerb
49°59′33″N 36°13′52″E / 49.99250°N 36.23111°E / 49.99250; 36.23111
Mamlakat Ukraina
{{{mintaqa_turi}}} Xarkov viloyati
Hukumat
 • Hokim Ihor Terekhov
Asos solingan 1556
Ilk eslatilishi 1669
Maydon 350.05 km2 (135.16 kv mi)
Aholisi
 (2022)
1 421 125
Telefon kodi +38057
Pochta indeks(lar)i 61001 — 61499
Xarkov xaritada
Xarkov
Xarkov

Xarkov (ukraincha: Ха́рків) — Ukrainaning Xarkov viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Yirik transport yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1470,9 ming kishi (2001).

Shahar 1655—56 yillarda qalʼa sifatida bunyod etildi. 1919—1934-yillarda USSRning poytaxti boʻlib turdi. X. mashinasozlik boʻyicha Ukrainada yetakchi oʻrinda (respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/5 qismini beradi). X.da energetika mashinasozligi, shu jumladan, elektrotexnika sanoati ("Turboatom", "Elektrotyajmash", "Ukrelektromash" va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari; elektromexanika, "Yujkabel" va boshqa zavodlar), traktor mashinasozligi ("Xarkovskiy traktorniy zavod" va boshqalar), qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi (motor yigʻish, "Serp va molot" ishlab chiqarish birlashmalari; aviatsiya sanoati va boshqalar), stanok va priborsozlik; radioelektronika sanoati va boshqa; kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, koʻnteri, moʻynachilik va boshqalar) sanoatlari rivojlangan. Metropoliten (1975-yildan), 21 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 universitet), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), tarixiy, badiiy, tabiat muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Pokrovskiy (XVII asr), Uspeniye (XVIII asr) soborlari; Yekaterina saroyi (XVIII asr), proviant omborlari (XVIII asr) saqlangan.