Kontent qismiga oʻtish

Xamxin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xamxin – KXDRning sharqiy qismidagi shahar. Sonchxongan daryosi boʻyida. XamgyonNamdo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 701 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Sharqiy Koreya qoʻltigʻi yaqinidagi port.

Mamlakatning eng yirik kimyo (sunʼiy buyumlar, plastmassa) sanoati markazi. Ogʻir mashinasozlik, rangli metallurgiya (alyuminiy), elektrotexnika, toʻqimachilik, poyabzal, oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari, GES kaskadi bor. Baliq ovlanadi.