Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Veksler

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vladimir Iosifovich Veksler (1907.19.2, Jitomir - 1966.22.9, Moskva) — rus fizigi, akademik (1958). Zaryadlangan zarralarni tezlatish fizikasi va texnikasi boʻyicha ilmiy maktab asoschisi. U kosmik nurlar tarkibida elektron-yadro jalalari borligini aniqlagan (1937), elektronlar tezlatgichi — mikrotron loyihasini (1944), keyinroq avtofazalash prinsipini tavsiya qilgan. Vladimir rahbarligida Dubna shaxrida sinxrotron (1947) va 10mlrd. eV ga moʻljallangan proton tezlatgichi — sinxrofazotron (1957) ishga tushirildi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil