Vikipediya:Imzo
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya maqolalari mazmunini tartibga soluvchi koʻrsatmalarning bir qismidir. Unga amal qilish tavsiya etiladi, lekin u — aqida emas; idrok bilan ish tuting. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.
Imzo qanday qoʻyiladi
[manbasini tahrirlash]Xabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga tilda belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta tilda belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta tilda (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta tilda (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin. Yoki tahrir oynasida tepasidagi „Imzo va vaqt“ () tugmasini bosishingiz mumkin.
Bunday yozasiz | Bunday saqlanadi | Bunday koʻrinadi |
---|---|---|
~~~
|
[[Foydalanuvchi:Misol|Misol]]
|
Misol |
~~~~
|
[[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 14:20, 29-dekabr 2024 (UTC)
|
Misol 14:20, 29-dekabr 2024 (UTC) |
~~~~~
|
14:20, 29-dekabr 2024 (UTC)
|
14:20, 29-dekabr 2024 (UTC) |
Imzo qoʻyish unutilgan hollar
[manbasini tahrirlash]Agar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{imzosiz}} andozasi orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.
Imzo qayerda qoʻyiladi
[manbasini tahrirlash]Imzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, Vikipediya munozarasi va h.k.) sahifalarida qoʻyish kerak.