Kontent qismiga oʻtish

Videvdat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Videvdat - “Avesto”ning saqlanib qolgan to‘rtta kitobidan birinchisining nomi (devlarga qarshi qonun).Ushbu kitob “Avesto”ning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo‘lib, boblari “Fragard” deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard - odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura Mazda qanday yaratgani to‘g‘risida bo‘lib, ular orasida Xorazm, So‘g‘d, Marg‘iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi - kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari haqida va h.k[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 119.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.