Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiyaning amputantlar futboli boʻyicha erkaklar terma jamoasidir. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Turkiya Nogironlar Sporti Federatsiyasi tomonidan boshqariladi (turkcha: Türkiye Bedensel Engelliler Spor Federasyonu, qisqartmasi: TBESF. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiya nomidan amputantlar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarida qatnashadi. Xususan, Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi amputantlar futboli boʻyicha 2 ta asosiy futbol turnirlarida qatnasadi. Ular: Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati.
Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi ikki karra Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻoliblari (2017-yilgi va 2021-yilgi chempionatlarda) va bir marta Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻoliblari (2022-yilgi amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Angolani magʻlub etib qoʻlga kiritgan).
Amputantlar futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amputantlar futboli — bu har bir jamoada yettita oʻyinchi (oltita maydon oʻyinchisi va bitta darvozabon) bilan oʻynaladigan imkoniyati cheklangan sportchilar uchun maxsus futbol sport turi[1]. Amputantlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida maydon oʻyinchilari pastki qism amputantlik nuqsoni bilan (oyoq qismidagi tana nuqsoni), darvozabonlarda esa yuqori qism amputantlik nuqsoni (qoʻl qismidagi tana nuqsoni) bilan ishtirok etishadi. Maydon oʻyinchilar loftstrand (bilak) tayoqchalaridan foydalangan holda maydonda harakatlanishadilar va protezsiz oʻynashadi. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionati yoki amputantlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionati (1984-yildan 2003-yilgacha) amputantlar futboli boʻyicha jahon chempionatidir[2][3]. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionatini Butunjahon Amputantlar Futbol Federatsiyasi (WAFF) tashkil qiladi[4].
Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining erishgan yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Sana | Manzil | Oʻrin | Man. |
---|---|---|---|---|
Jahon chempionati | ||||
2005-yil | 11-21- avgust | ![]() |
5 | [4] |
2007-yil | 11-21-noyabr | ![]() |
![]() |
[4] |
Jahon chempionati | ||||
2010-yil | 16-24-oktyabr | ![]() |
![]() |
[1] |
2012-yil | 7-14-oktyabr | ![]() |
![]() |
[1] |
2014-yil | 30-noyabr — 8-dekabr | ![]() |
![]() |
[1] |
2018-yil | 27-oktyabr — 4-noyabr | ![]() |
![]() |
[1] |
2022-yil | 30-sentyabr — 9-oktyabr | ![]() |
![]() |
[1] |
Yevropa chempionati | ||||
2004-yil | 27-may — 2-iyun | ![]() |
![]() |
|
2008-yil | 1-6-dekabr | ![]() |
![]() |
[5] |
2017-yil | 1-10-oktyabr | ![]() |
![]() |
|
2021-yil | 12-19-sentyabr | ![]() |
![]() |
Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 9-oktabr holatiga koʻra belgilangan Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi.
№ | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi
|
---|---|---|---|---|---|---|
1 | DR | Mert Yıldız | ![]() | |||
26 | DR | Bülent Çetin | ![]() | |||
35 | DR | Erdi Arslan | ![]() | |||
4 | HM | Muhittin Kurt | ![]() | |||
5 | HM | Okan Şahiner | ![]() | |||
22 | HM | Fuat Taştan | ![]() | |||
57 | HM | İsmail Korkmaz | ![]() | |||
6 | YH | Şeyhmus Erdinç | ![]() | |||
7 | YH | Serkan Dereli | ![]() | |||
9 | YH | Fatih Şentürk | ![]() | |||
10 | YH | Rahmi Özcan | ![]() | |||
17 | YH | Savaş Kaya | ![]() | |||
8 | HJ | Kemal Güleş | ![]() | |||
11 | HJ | Ömer Güleryüz | ![]() |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „World Amputee Football Federation - History of the Game“.
- ↑ „Home“. worldamputeefootball.org.
- ↑ „Turkey to host 2022 Amputee Football World Cup“. Daily Sabah (2021-yil 21-may).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 https://www.myjoyonline.com/ghana-paralympic-committee-officially-appeals-ghanas-expulsion-from-amputee-world-cup-in-turkey/
- ↑ „World Amputee Football Federation“.[sayt ishlamaydi]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |